

“Men Myunxenni juda yaxshi ko'raman. “Bavariya” klubi bilan shartnomani uzaytirishim uchun bu etarli sabab. Meni jamoa ham, futbolchilar ham, xodimlar va infratuzilma qanoatlantiradi. “Gannover”ga qarshi uchrashuvdan so'ng klub rahbari bilan kelajagim xaqida o'zaro suhbatlashib, savollarga echim topamiz va to'g'ri qaror qabul qilamiz”, - dedi Gvardiola.



