Xosep Gvardiola: “Birinchi bo'limda raqib darvozasini yo'qotib qo'ydik”
27 dek 2016 01:40
Yangiliklar
Xosep Gvardiola: “Birinchi bo'limda raqib darvozasini yo'qotib qo'ydik”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 18-turidan o'rin olgan “Xall Siti”ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men o'yindan zavq oldim. Boisi, bugun jamoam g'alaba qozondi. Lekin bu uch ochko osonlik bilan qo'lga kiritilmadi. Birinchi bo'limda futbolchilarimiz raqib jamoa darvozasi qaerda joylashganini unutib qo'yishdi.
CHempionatda raqobat kuchli bo'lganidan futbolchilar bosim ostida qolib ketishyapti. Buning natijasida o'yinlarda zafar quyish qiyinlashmoqda. Har bir o'yin biz uchun xuddi so'nggisi kabi o'tmoqda”, - dedi BBC kanaliga bergan intervyusida Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Kingston-apon-Xalledagi “Kingston Kommunikeyshn” stadionida o'tgan uchrashuvda mehmonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar