So’nggi yangiliklar

00:45Англия лига кубоги. "Ман Сити" ва Ҳусанов 1/8 финалда "Суонси" билан куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:58Отабек Боймуродов: "Гол ҳақида гапирсам муаммоларга дуч келаман. Улар провокация қилди"  7 23:07Камолиддин Тожиев: "Ҳозир энг бахтли инсонман"  46 22:53"Алё, реф!" финалдаги баҳсли эпизодларни таҳлил қилди   40 22:44Александр Хомяков: "Футболда ҳар доим ютавермайсиз. Менимча, офсайд йўқ эди, лекин мен эксперт эмасман"  26 21:50Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди  89 21:20"Лион" Эндрикни январда ижарага олмоқчи. "Реал" форварди бу вариантни идеал деб ҳисобламоқда  3 20:43"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  667 18:02Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди  29 17:33Ўзбекистон Кубоги финали. Таркиблар маълум  30 16:50Футболда тайм-аут олиб бўлмайди? Уддабурон инглизлар муаммонинг ўзига хос ечимини топишди  2 16:28"Динамо" - "Хоразм" учрашуви Тошкентда ўтказилади  11 15:37Ўзбекистон U-17нинг асосий таркиби маълум  6 14:56"Андижон"нинг собиқ мураббийи Рубин Хебайнинг қандай топилгани ва нима учун клубдан кетгани ҳақида сўзлади  16 14:32"Реал" айрим футболчилари Алонсо талабларидан норози  5

Xose Mariya Mendes Tailand bilan Jahon chempionatida qanday natija qayd etmoqchi? O'zbekistondan nima kutyapti? Ispaniyalik murabbiy bilan intervyu Yangiliklar

Xose Mariya Mendes Tailand bilan Jahon chempionatida qanday natija qayd etmoqchi? O'zbekistondan nima kutyapti? Ispaniyalik murabbiy bilan intervyu

Yaqinda Litvada bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari malum bo'ldi.
SHunday qilib Litvada bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha jahon chempionatida qatnashadigan barcha 24 terma jamoa nomi malum bo'ldi.

Osiyo pley off o'yinlarida Iroq - Tailand va Vetnam - Livan jamoalari o'zaro kurash olib borishdi. Uy-mehmon tarzida bo'lib o'tgan bahslar natijasiga ko'ra, Tailand bilan Vetnam o'z maqsadlariga etib, JCH yo'llanmasiga ega bo'lishdi. Ayni paytda O'zbekistondagi muxlislarga yaxshi tanish bo'lib ulgurgan, o'z vaqtida O'zbekiston futzal terma jamoasini ilk bor mundialga olib chiqqan ispaniyalik murabbiy Xose Mariya Mendes Tailand terma jamoasini boshqarmoqda. Yaqinda ushbu murabbiy bilan aloqaga chiqib fikrlarini tingladik.

- Salom janob Xose Mariya Mendes. Avvalo Tailand terma jamoasini Jahon chempionatiga yo'llanma olgani bilan tabriklaymiz. Iroq bilan o'yinlarda g'alabalar osonlikcha qo'lga kiritilgandek taassurot qoldirdi...

- Katta rahmat. O'zbekistonga alangalik salom. Pandemiya nafaqat bizga, balki barcha terma jamoalarning tayyorgarligiga o'z tasirini o'tkazdi. Biz uchun juda qiyin vaziyat yuzaga kelib qoldi. CHunki fevral oyida Tailand terma jamoasi Osiyo chempionatiga juda yaxshi hozirlik ko'rgandi. Musobaqa birinchi marotaba qoldirilgach yana murakkab holatga tushib qoldik. Hattoki mashg'ulotlar o'tkazish uchun ham vaqtimiz qolmagandi. Tarkibimizda jarohat olgan o'yinchilar bor edi. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib rejalarimizni o'zgartirishga majbur bo'ldik, deya olaman. Jahon chempionatiga chiqish yo'lida Iroqni ikkita o'yinda mag'lub etdik. Bu o'yinlarda g'alabadan boshqa narsa muvaffaqiyatsizlik hisoblanardi. 

- Ha, pandemiya sababli musobaqaning qoldirilishi ko'p terma jamoalarga zarar keltirdi. Masalan Quvayt terma jamoasi oldinga katta qadam tashlayotgandi. Bosh murabbiylikka mashhur Kakaoni olib keldi...

- Ha, pandemiya ko'pchilikka foyda keltirmadi. 

- 2016 yil Kolumbiyadagi Jahon chempionatida Tailand guruhdan chiqqan, nimchorak finalda Ozarbayjonga imkoniyatni boy bergandi. Bu safargi maqsadlar qanday?

- Maqsadimiz kamida o'tgan safargi natijani takrorlash. Bir ochko ham bunda muhim ahamiyat kasb etadi. 2016 yil Tailand yomon qatnashmagandi. Jahon chempionatiga oddiy jamoalar bormaydi. 

- Litvadagi Jahon chempionati O'zbekiston uchun ikkinchisi hisoblanadi. Qaysidir manoda terma jamoamizda bu borada ko'nikma mavjud, deyishimiz mumkin. Lekin tarkibda bunday katta nufuzli musobaqada ilk marotaba o'ynaydigan yoshlar ham bor...

- Albatta. Jahon chempionatidagi ikkinchi ishtirok O'zbekiston futzal terma jamoasiga qo'shimcha ishonch va motivaciya berishi mumkin. Ayrim futzalchilar bunday tajribaga egalar. Birinchi marotaba qatnashadigan yosh futzalchilar katta tajriba to'plashlari uchun Jahon chempionati yaxshi imkoniyat. Qanday natija kutyapman? Ko'p narsa quraga bog'liq. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика