So’nggi yangiliklar

20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  0 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  17 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  1 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  5 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  44 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2

Xose Luis Vilyanueva: “Xayrlashuv uchrashuvimni Bunyodkor” libosida o'tkazishni xohlayman” Yangiliklar

Xose Luis Vilyanueva: “Xayrlashuv uchrashuvimni Bunyodkor” libosida o'tkazishni xohlayman”

Bir vaqtlar Toshkentning “Bunyodkor” klubining shonli davrlari bo'lgan.

Jamoa tarkibida bir qator xorijlik kuchli futbolchilar faoliyat olib borgan. Ular orasida chililik futbolchi Xose Luis Vilyanueva muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan. Biz Vilyanueva bilan bog'lanib “Bunyodkor” olib borgan faoliyati haqida suhbatlashdik.



- Assalomu aleykum Vilyanueva. “Bunyodkor” jamoasidan qanday xotiralar qolgan?

- Bilasizmi, “Bunyodkor”dagi faoliyatim hayotimdagi unutilmas damlar bo'lgan. Hayotimning eng yaxshi damlari “Bunyodkor”da o'tgan desam, adashmayman. U bilan bog'liq ajoyib va asrga tatigulik xotiralarim bisyor. Men “Bunyodkor”ga bormasimdan oldin O'zbekiston haqida hech qanday malumotga ega emas edim. Toshkentga kelganimda menga barchasi yoqayotganini sezdim. Toshkentga “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvdan 3 kun oldin kelgandim. Bu o'yin biz uchun juda ham muhimligini aytishdi. SHuning uchun ham men juda ham hayajonlandim. Birinchi kuni men shifokorlardan tizzamga muz qo'yishlarini so'radim va vaqt tafovvutini ham bilib berishlarini iltimos qildim. SHundan so'ng, meni munroq bosayotganini sezdim. Muz shu darajada muzdak ediki unga tegishni ham iloji bo'lmasdi. O'shanda jamoa shifokorlari nima bo'lganini klub rahbariyatiga aytmasligimni iltimos qilishgandi. Juda ham qo'rqinchli vaziyat bo'lgan (kulib). Tizzamga bog'langan maxsus bog'ich bilan o'yin o'tkazishga majbur bo'lganman. Agarda sizda imkoniyat bo'lsa, suratlarni topib ko'rishingiz mumkin.

- Hozir ham “Bunyodkor” haqidagi yangiliklarni kuzatib turibsizmi?

- Bu erda uning iloji yo'q. Ammo, Mirjalol Qosimov jamoaga yana bosh murabbiy bo'lgani haqida eshitdim. Lekin hozirgi kundagi “Bunyodkor” avvalgisidan unchalik kuchli emas, nazarimda.

- “Bunyodkor”da siz bilan faoliyat olib borgan futbolchilar bilan hozir aloqadamisiz?

- Bazida ijtimoiy tarmoq orqali “instagram” va “feysbuk”da gaplashib turamiz. Server Jeparov Eron chempionatida faoliyat olib borayotganidan xabarim bor. Kapadze va Nesterov “Lokomotiv” klubida.


- Temur Kapadze O'zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak?

- Bu haqida meni xabarim yo'q edi. Endi sizdan eshityapman. Bu ajoyibku! Ushbu xabarni eshitib boshim osmonga etdi. Unga murabbiylikdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilayman.

- Bunga qanday fikr bildirasiz?

- Professional tarzda javob berishim juda ham qiyin. CHunki uni murabbiy sifatida bilmayman. Kapadze aqlli, to'g'ri so'z va ajoyib inson. Agarda Kapadze terma jamoadagi futbolchilarga ishonch bag'ishlay olsa, o'shanda u omadli bo'lishi mumkin, deya ishonch bilan ayta olaman. O'FAning terma jamoaga yosh murabbiy tayinlash to'g'risidagi xabarnomasi mamlakat futboli uchun yangi g'oyalarni ko'rsatadi.

- Luis Felipe Skolari siz uchun qanday murabbiy yoki inson? OCHLda zayavka qilmagan payt nimalar bo'lganini aytib bera olasizmi?

- Bu ishni Skolari qilmaganini aniq bilaman. Bir necha oy oldin men eng yaxshi to'purar bo'lganman. Bunday qarorni kim qabul qilganini men bilmayman. Lekin bungi Skolari qilmaganiga ishonaman.

- O'tgan yili “Bunyodkor” chempionat bahslarida to'rtinchi o'rinni olgani uchun bu yil  OCHL musobaqasi yo'llanmasidan quruq qoldi. Bu sizni ajablantiryapdimi?

- Afsuski, “Bunyodkor” jamoasini bunday ahvolda ko'rish juda achinarli. Hozirda klub haqida juda ko'p yangiliklar bor, lekin ularni hali elon qilmoqchi emasman. Ular qaerda mashg'ulot o'tkazadi, buni bilmadim-u, lekin ularda yaxshi futbolchilarni taklif qilishga mablag'lari bo'lsa, sifatli o'yinni yo'lga qo'yish uchun ham sharoit yarata olishadi. Men esa ularning homiy, menejer yoki investitsiya kuchi kim ekanligini bilmayman. Hozirda klubda kimlar o'ynayotganidan habarim yo'q. Lekin, o'ylashimcha, aynan men u erda yaxshi faoliyat yuritganman. Men bundan albatta, bahtiyorman va klub o'z maqsadlariga erishishida, ozgina bo'lsa ham, yordamim tekkaniga ishonchim komil. Bu men uchun juda muhim.


- Mirjalol Qosimov haqida qanday fikr bildirasiz?

Mirjalol Qosimov yaxshi murabbiy edi. U bilan bog'liq ajoyib xotiralarim bor. Men u paytlar unchalik mashhur va nom chiqargan futbolchi emas edim.  SHunga qaramay, o'sha paytlarda, u bilan ham, boshqa bir nechta futbolchilar bilan ham qo'pol muomalada bo'lganman. Hozir nafaqadaman. Biroq, agar “Bunyodkor” meni yana birga ishlashga taklif qilsa, jon deb qaytgan bo'lar edim.

- CHili terma jamoasi Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. Buni mamlakat qanday qabul qildi?

- Menimcha butun mamlakat bundan qayg'uda bo'lgan. Ular CHili tarihidagi eng yaxshi futbolchilar avlodi edi. Ammo, o'shanda ularning biroz omadi kelmadi, chog'i.

- Jahon chempionatida qaysi terma jamoaga muxlislik qilasiz?

- Men Messining muxlisiman, shuning uchun ham, u chempion bo'lishini xohlayman. Lekin, Braziliya terma jamoasi ham, uning bosh murabbiyi ham juda kuchli ekanini tan olaman.

- ECHL musobaqasida Madridning “Real” o'z uyida PSJni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Javob uchrashuvidan nimalar kutyapsiz, “Real Madrid” keyingi bosqichga chiqa oladimi?

- Men bashoratchi emasman, shuning uchun, oldindan bir narsa deya olmayman. Ammo, keyingi bosqichda men undanda raqobatbardosh “Real” jamoasini ko'ryapman.

- Murabbiylik sohasida ishlayapsizmi?

- Men Argentinada o'qiyman, televidenieda ishlayman va bir nechta qo'shma korhonalarim ham bor. To'g'ri, murabbiylik sohasida o'qiganman, lekin, bu kasb egasi bo'lishni xohlamayman.


- “Bunyodkor”ga qaytishni istarmidingiz?

- Muxlislarimga tashakkur bildirish uchun, “Bunyodkor”ning hech bo'lmasa bittagina o'yinida ishtirok etgan bo'lardim.

- Siz futbolchilik faoliyatingizni yakunlagansiz. Xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdingizmi?

- Yo'q, unday bo'lmagan. Men boshqa joyda emas, aynan “Bunyodkor”da faoliyatimni yakunlashni istardim.

- Agarda, “Bunyodkor” jamoasidan xayrlashuv uchrashuvini tashkil qilish uchun sizni Toshkentga taklif qilsa O'zbekistonga tashrif buyurarmidingiz?

- Agar ular meni taklif qilsalar, klubga aniq qaytib borardim. U erda xayrlashuv uchrashuvini o'tkazish ajoyib bo'lardi, nazarimda. "Bunyodkor"da faoliyatimni boshlaganimga ham mana sal kam o'n yil bo'libdi.

- Toshkent palovini sog'ingan bo'lsangiz kerak?

- Albatta. Do'stlarimdan ko'p bor uni qanday tayyorlash mumkinligi haqida so'rardim, ammo hech uddasidan chiqa olmadim.




Xose Luis Vilyanueva

Tug'ilgan yili
- 1981

Fuqaroligi - CHili

O'ynagan jamoalari - "Palestino", "Deportes Temuko", "Deportes Ovale", "Kobreloa", "Universidad Katolika", "Rasing" (Argentina), "Monarkas Moreliya", "Ulsan Xyunday", "Vasno da Gama", "Bunyodkor", "Tianjin Teda", " Deportes Antofagasta", "Boka Unidos", "Magalyanes".  Xose Luis Vilyanueva futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Vilyanuevaning otasi avtobazada direktor bo'lib ishlagan, onasi o'qituvchi bo'lgan. Xose Vilyanuevaning rafiqasi Fernande Bryuncli. Ular ayni damda o'g'li Xose Luis va qizi Asunsonni voyaga etkazmoqda.



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Ushbu intervyuni championat.asia sayti tahririyati ruxsatisiz gazeta yoki jurnallar chop etishi taqiqlanadi.

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика