"Real" ayrim futbolchilari Alonso talablaridan norozi
29 okt 14:32
Yangiliklar
"Real" ayrim futbolchilari Alonso talablaridan norozi
The Athletic xabariga ko'ra, 43 yoshli mutaxassis jamoa bosh murabbiyi lavozimiga kelganida, "kiyinish xonasida bir qator yomon odatlar mavjudligini" aniqlagan.
Alonso futbolchilarga aytgan ilk gaplaridan biri shunday bo'lgan: endi raqib to'pga ega bo'lgan paytda ko'proq yugurish va ishlash kerak bo'ladi, aks holda hech kimga asosiy tarkibdagi joy kafolatlanmaydi.
U jamoaning etakchilari va sardorlari bilan gaplashib, yangi ichki qoidalar majmuasini ishlab chiqqan. Ular orasida vaqtga rioya qilish, kechikishlar uchun jarima, hamda mashg'ulotlarda yuqori shiddat va fidoyilik talablari bor.
Manbalardan biri shunday deydi: "Xabi jamoa hayotida intizom va tartibni mustahkamlashga harakat qildi — jadvalni qatiy nazorat qilish, trenajyor zaldagi profilaktik mashg'ulotlarni ko'paytirish, guruh va individual video tahlillar o'tkazish orqali".
Ayrim tajribali futbolchilar yangi talablardan norozi — ular o'zlariga nisbatan etarlicha hurmat yo'q deb hisoblashmoqda. Bir nechta manba takidlashicha, bazi o'yinchilar maydonda o'z salohiyatini erkin namoyish etish imkoni kamayganidan ranjishmoqda.
"Bazilar bu talablarni bajarmasdan ham ko'plab sovrinlarni yutgan. Endi esa ularga yangi tartib o'rnatilganda, shikoyat qila boshlashdi. Bu sir emas, ayrim holatlar matbuotda ham yoritilgan. Bu tabiiy, ayniqsa avval "dastlabki tarkibdan siqib chiqarilmaydiganlar" orasida", – degan klubdagi manba.
Shuningdek, xabarda takidlanishicha, Alonso qo'llayotgan qatiy va talabchan yondashuv "Real"da Karlo Anchelotti davridagi nisbatan yumshoq muhit bilan solishtirilayotgan ekan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar