"Andijon"ning sobiq murabbiyi Rubin Xebayning qanday topilgani va nima uchun klubdan ketgani haqida so'zladi
29 okt 14:56
Yangiliklar
"Andijon"ning sobiq murabbiyi Rubin Xebayning qanday topilgani va nima uchun klubdan ketgani haqida so'zladi
- Xebay bilan bog'liq qiziq voqea yuz bergan edi. Qishki o'quv-mashg'ulot yig'inining oxiri, 2023 yilgi mavsum oldidan bizga hujumchi kerak edi. Hujumchilardan faqat Shahboz Erkinov bor edi, o'sha paytda u 37 yoshda edi. Yana bir hujumchi zarur edi. Bir variant amalga oshmadi, ikkinchisi ham, hech kimni topib bo'lmayotgandi.
Mehmonxonada o'tirganimizda, albaniyalik hujumchini ko'rib chiqishni taklif qilishdi. Transfer oynasi 2-3 kundan so'ng yopilardi. Tanlash uchun vaqt yo'q, variantlar ham ko'p emas edi. WyScout’ni ochib, Xebayni kuzata boshladim. Yaxshi o'yinchini darhol payqash mumkin – to'pni qanday qabul qilishi, u bilan qanday ishlashi, qanday burilishi... Uni taklif qilishga qaror qildik, u sinovdan o'tmasdan, to'g'ridan-to'g'ri shartnoma imzolash uchun keldi.
O'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Xebay o'sha kuni tibbiy ko'rikdan o'tib, shartnoma imzoladi. Ertasi kuni tiklanish mashg'uloti bo'ldi. O'rtoqlik o'yinida ishtirok etmaganlar "tennisbol" o'ynashdi. Xebay chiqib, ikki-uch teginishidan so'ng adashmaganligimizni tushundim. Shunchaki to'pni qabul qilib, uni to'r ustidan oshirish qiyin emas, lekin u buni shunchalik oson va sifatli bajardiki!
- Xebayga mashina sovg'a qilingan voqeani eslay olasizmi?
- Andijon viloyati hokimi qaysidir o'yindan so'ng: "Gol ursang, senga mashina sovg'a qilaman", degan edi. Keyin, adashmasam, biz "Olimpik"ni engdik. O'yindan so'ng Xebayga Tracker sovg'a qilishdi. Uning o'zi hayratda qoldi. Unga chindan ham mashina sovg'a qilishlari mumkinligiga oxirigacha ishonmagan edi.
O'yinning ertasi kuni uni avtosalonga olib borishdi. U o'ziga mashina tanladi, unga kalitni topshirishdi. Keyinchalik, Xebay "Andijon"dan ketayotganida, o'sha mashinani sotdi. Aytgancha, uni "Andijon"ning boshqa o'yinchisi – Sardor Azimov xarid qildi.
- Birinchi davradan so'ng Xebayni qanday ushlab qoldingiz? 2023 yil yozida u allaqachon o'ziga YouTube'da Highlights tayyorlagan edi. Chamasi, boshqa joyga ketish yo'llarini izlayotgan edi.
- Birinchi davradan keyin bunday holat bo'lmadi. Ammo mavsum oxirida uning ketmoqchi ekanligi aniq bo'ldi. Tushunarli, Xebay o'shanda ko'p gol urgan, unga etibor katta edi. Buning ustiga u hali ancha yosh, 25 yoshda edi. Har qanday mashhurlik, ayniqsa, bunday tez mashhurlik boshni biroz aylantirib qo'yishi mumkin. Ammo ishga munosabati, mashg'ulot jarayoniga kelganda unga savollar yo'q edi. Mavsum oxiridagi holatdan tashqari.
Ko'rinib turibdiki, u yaxshiroq sharoitlarni xohlayotgan edi. "Andijon" bunday futbolchini ushlab qololmasligini tushunardik. Uning ikki yillik shartnomasi bor edi va ikkinchi mavsumda maoshini oshirish rejalashtirilgan edi. Xebay darhol qolishni istamasligini aytdi. Oxir-oqibat u Saudiya Arabistoniga sotildi.
Artyom Petrosyan ishtirokidagi "Fint To'raeva" podkastining to'liq versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin (rus tilida):
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar
Дрогба ,шевченко ,креспо ва шунга 50та хужумчидан купрок гол урган ва уз номини апл тарихига зврхал харфлар билан ёзиб куйди , ундан ташкари стабил равишда олтин туп ва бриллиант туп танловини 10талигига кириб юрди мунтазам .
Шундай тарихий футболчини аллакандай Андижонда 10-20та гол уриб турнир жадвалини уртасида юрган хебайга ухшатибсиз
Фикриз 100% хатолигига 1 дона далил
Кейин рома ва фиорентинадаги статистикасини куринг