Superliga. Bir kishi kam "Bunyodkor" "Mashal"ni mag'lub etdi
26 okt 20:24
Yangiliklar
Superliga. Bir kishi kam "Bunyodkor" "Mashal"ni mag'lub etdi
Superliga. 26-tur
Toshkent. "Olimpiya" stadioni
"Bunyodkor" – "Mashal" 2:1
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sopenko, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Jasur Muxtorov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR hakami: Rustam Lutfullin
AVAR hakami: Aleksandr Sidorov
Komissar: Abdulbosit Valixonov
Gollar: 1:0 – 51, Matiya Krivokapich (Nosir Abdusalomov), 2:0 – 58, Martin Shroler (Azizbek To'lqinbekov), 2:1 – 70, Anvar Murodov
"Bunyodkor": 22.Valijon Rahimov, 2.Nikoloz Mali, 4.Najmiddin Normurodov (s), 9.Imeda Ashortia (18.Narimon Ahmadjonov, 79), 10.Rasul Yo'ldoshev (8.Martin Shroler, 46), 15.Marko Bugarin (6.Bobur Yo'ldoshev, 46), 21.Nosir Abdusalomov (77.Muzaffar Olimjonov, 59), 23.Asadbek Rahimjonov (57.Amir To'raqulov, 46), 25.Icuki Urata, 28.Matiya Krivokapich, 66.Azizbek To'lqinbekov
Zaxira: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 17.Ollobergan Karimov, 33.Abdulazizxon Abdurashidov
"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 6.Javohir Abdualimov (17.Anvar Murodov, 64), 7.Islom Baratov (66.Diyorbek Mamataliev, 64), 8.Sardor Abduraimov (22.Nurjahon Muzaffarov, 81), 10.Humoyun Murtozaev (s), 13.Nuriddin Nuriddinov, 15.Muhammadali Aliqulov (19.Islom Sharipov, 64), 27.Zafarbek Akramov (24.Avazxon Mamatxo'jaev, 55), 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 80.Dmitriy Yashin
Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 9.Ibrohim G'anixonov, 34.Shaxboz Jo'raev, 99.Nodirxon Habibullaev
Ogohlantirishlar: Najmiddin Normurodov (18), Sardor Abduraimov (78)
Chetlatish: Amir To'raqulov (60)
O'yin yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.
85. Mehmonlarning navbatdagi zarbasi himoyachidan maydonni tark etdi.
83. Zarba! Murtozaevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
81. Zarba! "Mashal" futbolchisining zarbasidan darvozabondan so'ng ustunga tegib, maydonni tark etdi.
79. "Bunyodkor"da o'zgarish.
78. Sardor Abduraimov qo'pollik uchun ogohlantirildi.
76. Zarba! Matiya Krivokapich chap qanotdan oldinga bordi va markazga pas berdi, Shrolerning zarbasini esa Hamroev egalladi.
70. GOL! "Mashal" hisobni qisqartirdi! Anvar Murodov himoyachidan qaytgan to'pni to'xtatmasdan raqib darvozasiga joyladi.
67. Zarba! Krivokapichning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
66. Sharipovning jarima zarbasi "jonli devor"ga tegib, maydonni tark etdi.
64. "Mashal"da uch o'zgarish.
60. Ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Amir To'raqulov maydondan chetlatildi. "Bunyodkor" maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi.
59. "Bunyodkor"da o'zgarish.
58. GOL! "Bunyodkor" hisobdagi farqni oshirdi! Shroler uzoq masofadan raqib darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga oldi!
55. Baratovning zarbasi biroz noaniq.
55. "Mashal"da o'zgarish.
51. GOL! "Bunyodkor"ning chap qanotdan boshlagan hujumi markazga ko'chdi, Abdusalomovning pasini Matiya Krivokapich osonlik bilan raqib darvozasiga joyladi.
49. "Mashal"ning chap qanotdan tashkil etgan hujumi besamar yakunlandi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Bunyodkor"da uch o'zgarish.
Taym yakunlandi.
45+1. Zarba! Nuriddinov chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi, Rahimov yana o'zini ko'rsatdi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.
42. Zarba! Murtazoevning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Rahimov qaytardi.
38. Krivokapich chap qanotdan jarima maydoniga kirib borib, markazga pas berdi, to'p Yashindan maydonni tark etdi.
35. Shrolerning zarbasi noaniq.
34. Zarba! Urataning uzatmasidan so'ng To'lqinbekovning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, ammo u ofsaydda qolgan ekan.
32. Malining uzatmasi Krivokapichning noaniq zarbasi bilan tugadi.
29. Bugarin darvozabonga to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.
28. Aliqulov zarbasi "Bunyodkor" himoyachisidan o'tmadi.
25. Zarba! Baratov tepgan to'pni Rahimov egalladi.
22. "Mashal" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatildi.
18. Normurodov xatoga yo'l qo'yib, to'pni oldirdi, so'ngra raqibni yiqitgani uchun ogohlantirildi.
18. Ashortia ofsaydda qoldi.
11. Zarba! Azizbek To'lqinbekov tepgan to'pni Hamroev egalladi.
8. Markazda Mali raqibini yiqitdi.
5. Zarba! Baratov tepgan to'pni Rahimov egalladi.
3. "Mashal"ning chap qanotdan boshlagan hujumi xavfli chiqdi, uzatmadan so'ng to'pni qaytarishga uringan Normurodovga fol ishlatildi.
1. O'yin boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqishdi. "Bunyodkor" to'q binafsha, "Mashal" oq rangli liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar
Bunyodkor Navbahor Nasaf bilan oʻyinlari bor