Angliya liga kubogi. "Man Siti", "Arsenal", "Nyukasl" va "Chelsi" keyingi bosqichda, "Liverpul" esa o'z uyida yirik mag'lubiyat qabul qilib oldi
30 okt 2025 02:54
Yangiliklar
Angliya liga kubogi. "Man Siti", "Arsenal", "Nyukasl" va "Chelsi" keyingi bosqichda, "Liverpul" esa o'z uyida yirik mag'lubiyat qabul qilib oldi
Angliya liga kubogi 1/8 final o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Chelsi" mehmonda gollarga boy o'tgan o'yinda "Vulverxempton"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi.
"Liverpul" esa o'z uyida ikkinchi tarkibi bilan "Kristal Pelas"ga yirik hisobda taslim bo'ldi.
"Arsenal" ikkinchi taymda ikkita gol urib, "Brayton"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
"Suonsi" "Man Siti" bilan o'yinning 12-daqiqasida hisobni ochdi. Ammo, angliyaliklar shundan so'ng Doku, Marmush va Cherkining gollari evaziga g'alabaga erishishdi. Jarohatdan qaytgan "shaharliklar"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 63-daqiqaga qadar harakat qildi.
"Nyukasl" esa ishonchli hisob bilan "Tottenxem"ni musobaqa bilan xayrlashishga majbur qildi.










O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Yaxshiyam alishtirdi omad ukamizga