So’nggi yangiliklar

21:35"Леганес" — "Реал". Беллингем, Винисиус, Гюлер ва Мбаппе асосий таркибда  6 21:22"Наполи" — "Рома". Таркиблар маълум  1 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  27 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  1 20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  4 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   1 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  6 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11

"Xorijlik murabbiy faqat terma jamoaga emas, butun boshli o'zbek futboliga nimadir bera olishi kerak" Islom Inomov bilan intervyu Yangiliklar

"Xorijlik murabbiy faqat terma jamoaga emas, butun boshli o'zbek futboliga nimadir bera olishi kerak" Islom Inomov bilan intervyu

Ushbu futbolchi bilan intervyu qilishni ancha yillardan beri niyat qilib kelayotgan edim.

Futbol olamiga kirib kelganimdan beri ko'proq yaqin o'tmishdagi yulduz futbolchilar, murabbiylar, o'z vaqtida ajoyib o'yinlari bilan muxlislar etirofini qozona olgan, hozirda murabbiylik sohasiga qadam qo'ygan shaxslar bilan intervyu qilishga, ularning fikrlarini eshitishga harakat qilib kelmoqdaman. Nega deysizmi? CHunki, ularni har biri o'zgacha olam, har birining faoliyati bitta katta kitob. "Tarixsiz kelajak yo'q",- deganlaridek yaqin tarixdagi futbolchilarning, murabbiylarning faoliyati, hayoti bilan tanishmasdan bugungi kun futboli haqida batafsil yozish mushkul deb o'ylayman. Suhbatdoshimdan hech qaerda aytmagan gaplarini, orginal fikrlarni, hozirgi futbolimizga munosabatini ichidan sug'urib olish bosh maqsadim hisoblanadi. O'ylaganlarim qay darajada muvaffaqiyatli chiqqaniga esa muxlislar va ustozlar baho berishadi. 

Bugungi suhbatdoshim kim uchundir o'rtamiyona, kim uchundir yulduz, yana kim uchundir oddiy futbolchi. Ammo, men uchun o'z vaqtida poziciyasining eng yaxshi futbolchilaridan biri sanaladi. Barcha yoshdagi terma jamoalarning ajralmas futbolchisi bo'lish hammaga ham emas. Buning uchun munosib bo'lmoq lozim. Suhbatdoshim barchangiz yaxshi tanigan ham klub, ham terma jamoa libosida muxlislarining yoqimtoyiga aylangan Islom Inomov. Tanigan ishqibozlarga Inomovning futbolchilik faoliyatini eslatish shart emas. Bilmaganlar esa intervyuni o'qish jarayonida qisqacha tanishib olishlari mumkin. 

"Avvallari turnirlar ko'p bo'lardi. Hozir esa..."

- Biz futbolchi sifatida tanigan, o'z vaqtida ajoyib o'yinlaridan bahramand bo'lgan Islom Inomov bugungi kunda nimalar bilan band? Nima uchundir futbolchilik faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng sizni diqqat markazidan yo'qotib qo'ydik... 

- Uzoq yillik futbolchilik faoliyatim davomida dam olishga vaqt bo'lmadi. Hali bu erda yig'in, hali boshqa joyda yig'in, mashg'ulotlar, o'yinlar sabab oilamga etarlicha vaqt ajrata olmadim. Mana yaqin bir-ikki yildan beri oilamga, bolalarimga ko'proq etibor bermoqdaman. Futboldan butunlay ketganim yo'q, Toshkent viloyatida selekcioner murabbiy bo'lib faoliyat olib bormoqdaman. Murabbiylikdagi ilk qadamlarni yoshlar, bolalar bilan ishlashdan boshladim. Futbolchilik va murabbiylikni o'rtasida farq katta. Boshlanishiga shu yo'lni yani bolalar bilan ishlashni tanladim. 

- Toshkent viloyatidan o'z vaqtida ko'plab yulduz futbolchilar etishib chiqqan. Ilyos Zeytullaev, Aleksandr Geynrix, "Semurg'" jamoasidagi o'yinlari bilan tanilgan Eldor Qosimov va hokazo. SHunday yulduzlarni katta jamoalarda paydo bo'lishida selekciyani o'rni katta. Xo'sh, bugungi kunda Toshkent viloyatida selekciya jarayonlari qanday ketmoqda? Oldingi davr bilan solishtirganda qanday tofovutni ko'rmoqdasiz?

- Oldin har xil turnirlar ko'p bo'lardi. Masalan, ko'p iqtidorlar ikkinchi ligadan chiqib kelardi. Hozirda ikkinchi ligaga etibor kam. O'sha vaqtlarda ikkinchi liga jamoalarining o'rinbosar tarkibi ham bo'lgan. Maktablararo ham yaxshigina turnirlar yo'lga qo'yilgan edi. Bosqichma-bosqich yutib borilar, oxirgi uchinchi bosqich respublikaga chiqilardi. Turnirlar ko'p bo'lgani sababli selekcioner murabbiylarga ham bir muncha osonroq edi. Hozir nisabatan olib qaralganda musobaqalar juda kamayib ketgan. Ikkinchi liga chempionatida biron bir uchrashuv o'tkazilsa Toshkent viloyatida bayram bo'lib ketardi. Hozir hech kimga kerak emasdek bo'lib qolgan. Stadionlar huvullab yotibdi. Ikkinchi liga jamoalarida to'p tepadigan futbolchilarga qarasak bir xil futbolka, butsa, getrilarda o'ynaganini ko'rishimiz mumkin. Muhimi etibor bor kerak, bugungi kunda viloyatlararo turnirlarni ham saviyasi tushib ketgan. Agarda jiddiy etibor qaratilsa o'zbek futbolini, selekciya jarayonlarini, raqobatni yaxshilanishiga olib kelishi mumkin. 

- Nima uchundir oxirgi yillarda terma jamoalarimizni o'zagini "Paxtakor", "Bunyodkor", "Nasaf" jamoalarining futbolchilari tashkil qilmoqda. Bu viloyatlarda maktablarga, akademiyalarga etibor sustligidan dalolatmi?

- Yosh o'yinchilar etakchi jamoalar sari intilishadi. "Bunyodkor", "Paxtakor" yoki "Lokomotiv"ga o'tishni istashadi. "Paxtakor" 2-3 yilda ishini yo'lga qo'yib oladi, ammo viloyatlar jamoalarida barqarorlik yo'qda. Masalan, puli bo'lsa yarim yil yaxshi o'ynashi mumkin. Faqat maoshlar emas, tashkiliy ishlar, safar harajatlari, ovqatlanish barchasiga mablag' zarur. O'ylashim bo'yicha "Paxtakor"da barqarorlik bo'lgani uchun natijalar ham yaxshi. Qolgan jamoalarda mablag' bir bo'lib bir bo'lmasligi uchun natijalar ham qoniqarsiz.

Islom Inomov 7-raqamda.

"Proffessional futbolchi sifatida shakllanishimda Usmon Toshevning hissasi katta"

- Keling biroz futbolchilik yillaringizni yodga olsak. Xo'sh, "Semurg'"da o'ynab yurgan yosh iqtidor egasi Angrendan nima sababdan ketdi?

- O'zimizda o'sha paytlarda maktab-internat bo'lardi, hozirda futbol mahorat maktabi deyiladi. Angrenda o'qib yurganimizda sharoitlar hozirgidek bo'lmagan. 73-sonli sport maktabi bo'lardi, u internatni yarimi futbolga ixtisoslashgandi. Bittagina futbol maydoni bo'lardi. U ham asfalt edi, chimli maydonda shug'ullanish uchun yana 6-7 kilometr yo'l bosishga to'g'ri kelardi. Har doim ham shug'ullanishga ruhsat berishmasdi. Butsalarda emas ketalarni kiyib asfalt maydonda shug'ullanardik. Angrenda o'qib yurgan kezlarimizda "Semurg'" ikkinchi ligada ishtirok etar, biz muxlis bo'lib o'yinlarini ko'rgani borardik. Bosqichma-bosqich Oliy ligaga chiqqandi, adashmasam 2000 yil Oliy ligada 20ta jamoalik formatda qatnashgandi. Internatdan 3ta bolani tanlab olishdi, o'rinbosarlar jamoasiga qabul qilishdi. Sergey Jukovskiy degan murabbiyimiz bo'lardi. Oliy ligadagi birinchi yilimizda kuchli oltilikdan o'rin oldik. Keyingi yili jamoani homiylar tashlab ketib qolgan. O'zingiz yaxshi bilasiz, Oliy ligada ishtirok etishni o'ziga yarasha talablari bo'lardi. 2001 yilning ikkinchi davrasida "Buxoro"ga o'tganmiz, Usmon Toshev jamoasiga qabul qilgandi. Usmon Qudratovichning uslublari, ko'rsatmalari kechagidek esimda. Aytishim mumkinki, futbolga Angrenda kirib kelgan bo'lsam aynan "Buxoro" jamoasida proffessional futbolchi sifatida shakllandim. Usmon Toshevdan ko'p narsani o'rganganman. Futbolda mayda xatolar bo'lmasligini takidlardi. Hattoki, kichik kamchiliklarni ham etiborsiz qoldirmasdi. Usmon Toshevni o'z ishini ustasi deya olaman. Ilyos Qurbonov, Eldor Qosimov va men Angrendan Buxoroga kelgandik. 

- "Paxtakor"ga Tachmurod Agamurodov murabbiyligida kelgansiz. Raqobat nihoyatda yuqori bo'lgan, Koshelev, Krohmal, Ashurmatov, Aliqulov, Soliev, Tojiev kabi yulduzlar bor jamoaga o'tgandingiz. Bu qadar kuchli raqobatda o'zingizni ko'rsatishingiz qanday bo'lgan? 

- 2003 yilgi Jahon chempionatidan keyin Samvel Vyacheslavovich Babayan "Paxtakor"ga taklif qilgandi. Raqobat kuchli bo'lgani uchun ham "Paxtakor" yaxshi jamoa bo'lgan. Birinchi yil qiynalganman. Yosh bo'lganim sababli Agamurodovning falsafasiga tushunib keta olmaganman. Bilsangiz agar Agamurodov o'sha paytlar o'zbek futboliga yangicha uslub olib kirayotgan paytlari edi. Uning taktikasiga mening o'yinim mos kelmagan. O'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida bir davra "Navbahor"da, bir davra Gruziyaning "Lokomotiv" jamoasida ijarada o'ynaganman. 

- 2003 yilgi Jahon chempionati arafasida terma jamoaga germaniyalik mutaxassis Yurgen Gyode taklif etilgandi. Gyodeni kelishi nimani o'zgartirdi? 

- Viktor Borisov murabbiyimiz edi. Ushbu mutaxassis bilan Qatardagi Osiyo chempionatida juda yaxshi qatnashib Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqandik. Bizning avlod o'z yosh toifasida tarixda birinchi marotaba Jahon chempionatiga yo'llanma olgandi. SHundan keyin terma jamoaga Gyodeni olib kelishdi. Baribir chet ellik ekanligi bilinib turardi. O'yin uslubi ham boshqacha edi, o'zining qarorlarini o'tkaza olardi. Hech qaysi murabbiy jamoaga yutqazish uchun kelmaydi. Gyode kelgan ilk davridayoq biz Afro-Osiyo kubogida g'olib chiqdik. Gyode biz bilan bir yil ham ishlamadi, unga vaqt etishmadi. Jahon chempionati saralash bosqichi avvalida ko'pincha murabbiy bilan to'rt yillik shartnoma tuzishadi. Yani bitta cikl yakuniga qadar. Klublarda esa bir yoki yarim yillik tuziladi. Bizda esa murabbiyni olib kelishadi, bitta o'yinda yutqazdimi bo'ldi to'g'ri kelmaydi deb ketkazib yuborishadi. Daraht eksangiz ham kamida uch yil kutasiz. Murabbiyga vaqt va ishonch bildiring bo'ldi. Vaqtni o'zi hammasini joy joyiga to'g'irlab qo'yadi.  

- Lekin, Gyodening ixtiyorida vaqt ham, futbolchilar ham etarli bo'lgandi...

- U biz bilan aniqrog'i yoshlar terma jamoasi bilan bir yil ham ishlamadi. Terma jamoada ham xudda shu narsa. Xitoydagi Osiyo kubogida ham yomon ishtirok etmaganmiz, Baxrayn bilan esa penaltilar seriyasida engilganmiz. Gyode yaxshi jamoa shakllantirgandi mening nazarimda. O'zining qarashlarini singdira oldi. Baribir unga etarlicha vaqt berilmadi. Bir yil u vaqt emas. 

- O'zbekiston milliy terma jamoasidagi eng gullagan davringiz Rauf Inileev davriga to'g'ri keladi. Inileev boshqaruvidagi qaysi musobaqada O'zbekiston terma jamoasining g'olib chiqish imkoniyati nisbatan yuqori baholangandi?

- Barchasi Qatardagi Osiyo o'yinlaridan boshlandi. Inileev bilan birinchi muvaffaqiyatli yurishni aynan shu Osiyo o'yinlari boshlab bergandi. Keyinchalik to'rt davlat mezbonlik qilgan Osiyo kubogida ham hamkorligimiz davom etdi. Endi o'sha vaqtda bir yilni o'zida juda ko'p musobaqalarda qatnashardik. "Paxtakor" tarkibida O'zbekiston chempionati, kubogi qishda MDH kubogi, terma jamoa bilan turli turnirlar va hokazo. G'olib chiqish imkoniyati ko'proq Qatardagi Osiyo o'yinlarida yuzaga kelgandi. Tarkib haqiqatdan ham kuchli edi. Denisov, Geynrix, Suyunov, Magdeev, Haydarov kabi ijrochilar yig'ilgandi. Osiyo kubogida Eron va Saudiya bilan tengma-teng o'ynaganmiz.  

- SHu vaqtga qadar biz bilan to'qnash kelgan Eron terma jamoasining qaysi avlodini kuchsiz deb tariflagan bo'lardingiz?

- Nazarimda 2007 yil Osiyo kubogida ishtirok etgan Eron nisbatan kuchsizroq edi. Boisi ularda ham o'sha payt avlodlar almashinuvi jarayoni ketayotgandi. Karlos Keyrush kelgach ular yana avvalgi darajasiga qaytdi. 2012 yil Abramov murabbiyligida Eron bilan o'ynadik, butun uchrashuv davomida hujum qildik yakunda esa bitta qarshi hujumni o'tkazib yuborib engildik. Futbolda ikki taym hujum qilib bitta qarshi hujumdan zarba eyishingiz hech gap emas. Agar bitta avlodni kuchsizlanishini kutadigan bo'lsak butun umr kutishimizga to'g'ri keladi. Biz bunga qaramasligimiz kerak. Avlodlar almashinuvi bizda ham bo'ladi. 


"Xorijlik murabbiy faqat terma jamoaga emas, butun boshli o'zbek futboliga nimadir bera olishi kerak"

- Bizga har doim yo'limizga to'g'anoq bo'ladigan Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya kabi terma jamoalarni qachon yutamiz? Izlaydigan bo'lsak omillar ko'p, ularning futboli boshqa, darajasi boshqa, chempionati kuchli. Ammo, bitta o'yinda ularni yutadigan paytda bu bahonalar o'zining ahamiyatini yo'qotishi kerak. Yoki bitta o'yin birgina yo'llanma beradigan uchrashuvda yutqazib yuraveradigan bo'lsak demak bizda nimadir noto'g'ri ishlamoqda?

- Masalan, gollandiyalik Gus Xidding Janubiy Koreyada ishlagan 3-4 yillik davrida ishni shu qadar to'g'ri yo'lga qo'yib aniq tizimni o'rnatib ketdi. U Koreya terma jamoasini yangi bosqichga olib chiqdi. Hozirgi vaqtda Koreya futbolida ishlayotgan aksariyat mutaxassislar uning shogirdlari hisoblanadi, o'z vaqtida qo'lida o'ynagan. Bizda qaysi murabbiyni ayta olasiz? Bir yilda ikkita, uchtalab murabbiy boshqargan paytlar bo'ldi. Agarda barchasi maydon ichida hal bo'lganida Braziliya har safar Jahon chempionatida g'olib chiqqan bo'lardi. Afsuski, maydon tashqarisidagi ishlar ham ko'p narsani hal qilib beradi. Xorijlik murabbiy kerak, faqat o'zbek futboliga mos tushadigan aynan terma jamoani emas butun boshli ishni to'g'ri yo'lga qo'yish, tizimni yaratish yo'lida olib kelish kerak. 

- Kuchli raqiblarni, qita grandlarini yutish uchun xorijdan mutaxassis olib kelingandi. Kuperdan shu narsa kutilgan edi...

- To'g'ri, yuqorida ham aytib o'tdim, xorijlik murabbiy faqat terma jamoaga emas butun boshli o'zbek futboliga nimadir bera olashi kerak. Kuper Osiyoda ishlamagandi. To'g'ri shakllantirib ishni va tizimni to'g'ri yo'lga qo'yish lozim. Buning uchun futbolni ichida yurgan barcha birdek qiziqishi kerak. Buni yashirishni hojati yo'q. Futbolni tushunmaydiganlar ham futbolni ichida ishlamoqda. Evropani olib qaraydigan bo'lsak Mauricio Sarri ham bankir bo'lgan. Lekin, ular futbolni tushunadi, futbolchilariga to'g'ri tushuntirib bera oladi. Bizda hafa bo'lmang 20 metrga pas bera olmaydigan futbolni tushunmaydiganlar ham murabbiy bo'lib ishlamoqda. Ular kelajakda qanday qilib yaxshi futbolchi tarbiyalab beradi? Bunday murabbiylardan qanday futbolchilar chiqadi? Bu narsalar ham shu tizimni ichiga kiradi. Borib ko'rsangiz qog'ozda murabbiy bo'lishi mumkin ammo futbolni ichidagi odam emas. Toshkentni o'zida ham bundaylar ko'p. 

- Kuper kelib himoyaviy o'yinni yo'lga qo'ymoqchi bo'ldi. O'xshamadi, natijada Abramov keldi. Baribir noroziliklar to'xtamadi...Bizga qanday murabbiy kerak o'zi? Kuperni olib kelish xato qarormidi?

- Yaqinda Abramovning bir intervyusini o'qidim. "Jurnalist jurnalistligini qilsin murabbiyni ishiga aralashmasin". To'ppa to'g'ri aytmoqda. Murabbiy jurnalistni ishiga aralashmayaptiku. To'g'ri, tanqid ham kerak. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Tanqid bo'lmasa o'sish ham bo'lmaydi. Murabbiy erdan chiqqan qo'ziqorin emas, Abramov o'zidan-o'zi murabbiy bo'lib qolmaganku. Bitta o'yinda yutqazsa fojea yasavoramiz. Ishlashga qo'yib berish kerak. Ha, Kuperni olib kelish biroz xato edi. Bizga Osiyoni biladigan xorijlik murabbiy zarur edi. Keyrush Eronga keldi uch yilda natija ko'rsatdi. U ham boshida qiynaldi, Osiyo kubogida muvaffaqiyatsiz qatnashdi. Tizimni yo'lga qo'ydi va muntazam mundialda qatnasha oladigan holatga keltirdi. 

- "Paxtakor" OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonasizmi?

- SHota Arveladze "Paxtakor"da hamma narsani zo'r qilib qo'ygan. Lekin, O'zbekiston chempionatida va kubogida g'olib chiqish jamoa uchun yangilik emas. Klub yana yuqoriroqni ko'zlashi uchun OCHLda g'olib chiqishi kerak. Tarkib juda kuchli, zo'r futbolchilar yig'ilgan. "Paxtakor" 90 foiz guruhdan chiqib uzoqroqqa bora oladi. O'zbekiston chempionatida ular bilan raqobatlasha oladigan jamoa yo'q. Mashg'ulotlarni zo'r o'tadi Arveladze. O'zim borib bir necha marotaba kuzatganman. Bir jamoani kuchaygani bilan qolganlar kuchsizlanib qolmaydi deb o'ylayman. Misol 2008 yillarda "Bunyodkor"ning kuchaygan paytida unga ergashib o'rnak olib Oliy ligani ko'plab jamoalari o'sishga erishdi. 

- Tizim haqida gapirdingiz. Qiziq, o'zbek futbolida shu vaqtgacha tizim bo'lganmi degan savol tug'iladi?

- O'zim ham qiziqib oldim, tizim bo'lganmi?(kuladi). Tizim bo'lmadi qaysi manoda Koreya, Yaponiya kabi davlatlardagi kabi tizim yaratilmadi. Xudo rahmat qilsin Mirabror Usmonov davrida biroz bo'lsa ham tizim yo'lga qo'yilgandek bo'ldi. Lekin, u tizim natija beraman deganda yana ko'p narsalar o'zgarib ketdi. Bugungi kunda B klassdagi licenziyaga o'qiyapman. Instruktorimiz Islom Ahmedov ko'proq Qatarda yo'lga qo'yilgan ishlarni videosini qo'yib beradilar. Qatardagi tizimli ishlar, islohotlar natijasi ko'p ham kuttirmadi. Bizda ham barcha birdek ishlab aniq tizim asosida faoliyat olib bormaguncha natijaga erisha olmaymiz. O'zbekistonda iqtidorlar ko'p. Biroq, quruq iqtidorning o'zi kamlik qiladi. Agarda shu iqtidorni ustida ishlamasangiz, to'g'ri yo'nalish bermasangiz u iqtidor o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketaveradi. Bizda bu holat juda ko'p uchraydi. Iqtidor bor degani futbolchi degani emas. 

- Bu futbolchilar orasida raqobatni ham yo'qolishiga olib kelmoqda. Hujum chizig'ini oladigan bo'lsak ichki chempionatimizda terma jamoamizga nomzod uzog'i uchta yaxshi hujumchi chiqishi mumkin, aksariyat klublar ko'pincha legioner hujumchilarga tayanishni maqul ko'rmoqda...

- 2000 yillarga nazar tashlasangiz har bir klubning ikkita, uchtadan etakchi hujumchilari bo'lardi. "Nasaf"da Zafar Xolmurodov, "Andijon"da Baxtiyor Hamidullaev, "Navbahor"da SHuhrat Mirholdirshoev, "Paxtakor"da Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev, Aleksandr Geynrix, "Buxoro"da Baqoev, "Neftchi"da Umid Isoqov va Anvar Berdievlar. Hozir menga beshta eng yaxshi terma jamoa darajasidagi hujumchini sanab bera olasizmi? Yildan yilga yo'qolib ketishini sababi tizimda. Bu shaxsan o'zimni fikrim. 

2007 yilgi "loy jangi" deb nomlangan O'zbekiston kuboogi finalidan surat. 

"Bu ketish bo'lsa hali Jahon chempionatiga chiqmaymiz"

Mana o'zim Toshkent viloyati futbol associaciyasida murabbiylikdan 1 million so'm maosh olaman. Bunga ishonmasligingiz yoki kulishingiz mumkin. Haqiqatdan ham maoshim shunday. Bu avtomobilimni benzin puliga ham etmaydi. Qolgan murabbiylar ham inson, oila boqishi kerak, ro'zg'or tebratadi. Lekin, men futbolni yaxshi ko'rganim uchun, shuncha yil shu futbolni ichida yurganim uchun shu ishni boshini ushladim. Nomiga tushundimi tushunmaydimi murabbiy olishadi, 10ta 10ta qilib bolalarn o'ynatadi, mashg'ulot tamom. Hamma narsa ko'zbo'yamachilik, qog'ozda bor faqat. Bunda qanday qilib futbolchi chiqadi? Geynrix, Qosimovlar yana qachon chiqadi? Turnirlar ko'p edi, 4-5ta bosqichdan o'tib chiqilardi. Muammoni eng pasidan qidirish kerak. Berkitish shart emas, bolani krasovka olishga puli yo'q, yana uni ota-onasidan pul so'rashadi. 

- Ushbu holat o'zimni ham boshimdan o'tgan, bolaligimda futbol mashg'ulotlariga borardim. O'sha payt futbol formam yo'q, butsa olishga ham imkonim bo'lmagan. Hali oy boshlanmasdan pul so'rardi murabbiy, baner qo'ydirsa ham pul yig'ilardi. Hammada sharoit har hil bo'lardi...

- Avvallari insof, vijdon degan narsalar hozir unutilib boryapti. Yoshlar futbolidagi tizimni olib qarasak korrupciya bo'lib yotibdi. Jurnalistlar chiqish qilib nega Jahon chempionatiga chiqa olmaymiz, unaqa qilish kerak, bunaqa qilish kerak deyishadi. Bu ketish bo'lsa hali mundialga chiqmaymiz. Boshqa kuchli terma jamoalarni darajasiga chiqqunimizga qadar bizdan ular 2-3 kalla oldinga o'tib ketishadi. Selekcioner murabbiy bo'lib 2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalarni Andijonga musobaqaga olib bordik. Achinarli tomoni bolalar o'rtasidagi o'yinga Oliy liga darajasidagi hakamni qo'yishgan. U o'yinga Oliy ligani ko'zi bilan qaramoqda, penalti belgilayapti, o'yinni boshqara olmayapti. Hey insofing bormi dedik. Keyin bilsak yutilmasa unga bonus yozilmas ekan. Hamma narsa mablag'ga borib taqalmoqda. 

- Futbolchilarimizni jismoniy jihatdan kuchsizlanayotgani futbolimiz o'zgarganidan dalolatmi? 

- Bitta darahtni ko'kartirishingiz uchun ko'p bor parvarish qilasiz. Futbolchiga ham shunday parvarish kerak, buning uchun ovaqatlanishni to'g'ri yo'lga qo'yish zarur. Masalan hozir 16-17 yoshdagi bolalar qaerda o'ynaydi? 2002 yillar akademiyalarni tamomlaydi bu yil. SHundan keyin ularni 18 yoshdan jamoalarga berish kerak. Pro ligada 2 million, 3 million ham oylik qilib bera olmaydi. Nima qiladi ular, Rossiyaga ishlashga ketmoqda. Yangi yo'ldan ham ikkitagina bola jamoaga joylashdi. O'zbekistonda ko'p narsa ko'zbo'yamachilikka bo'ladi, kunim o'tsa, kimgadir yaxshi ko'rinsam bo'ldi qabilidagi ish tutishadi. Agarda bu narsalar yo'q bo'lib barcha sharoitlar yaratib berilib ishga kirishilsa biror nimaga erishish mumkin. Tojikiston, Qirg'iziston bizdan ancha past edi. Ular etib ham kela olmasdi. Etibor bering bizga etib oldi. Biz Yaponiya, Koreya, Qatar, Saudiya Arabistonidan ancha ortda qolib ketmoqdamiz. Bahrayndan ham ortda qolib ketamiz. Mutaxassislar etishmayapti, Usmon Toshev Tojikistonda ishlamoqda. O'zimizda shunga sharoitlar yo'qmi? Jahon chempionatiga chiqish uchun bizga 20ta Odil Ahmedovlar kerak. Ularni pasdan olib chiqish zarur. 

- Avvalgi rahbariyat davrida sport maktablarida futbol bo'limi mutaxassis etishmayapti deya yopib yuborildi..

- Gap mutaxassis etishmasligida emas, davlatga ortiqcha harajat bo'lib qoldi. Futbol maktablarini nomini o'zgartirishmoqda, futbol mahorat maktabi, internatlar va hokazo. Quruq nomni o'zgartirganni foydasi yo'q. Oddiy jiguliga mersadesni markasini yopishtirib qo'ysangiz bu jiguli mersadesga aylandi degan manoni anglatmaydi. Futbol mahorat maktabi bo'ladimi yoki boshqami oldin shakllantirib qo'yish, yaxshi saviyadagi murabbiylarni olib kelish kerak. O'zim yashaydigan yangi yo'l misolida olib qarasak qishda u erda futbol o'ynashni imkoni yo'q. Maydon shunaqangi loy bo'ladiki tasavvur qilib ko'ring. Bitta suniy maydon qurib bera olishmaydimi? Ochilganiga 10 yildan oshdi, haligacha bu muammo bartaraf etilmagan. Ishonsangiz gaz yo'q, ko'mirda isitishadi. Avtobus yo'q, bitta avtobus ajratilmagan. Endi viloyatlardagi ahvolni o'ylab ko'ring. Hamma kelib ketdi, natija yo'q baribir. Mirabror Usmonov davrida futbolimizda ancha o'sish ko'zga tashlangandi.  

"Futbolimiz va terma jamoamizni kelajagi, bo'lg'usi haqida biror narsa deya olmayman"

-  Faoliyatingizni so'ngi yillarida "Surxon" va "Andijon" jamoalarida to'p tepdingiz. Xo'sh, bu viloyatlarning bosh jamoalarini hozirda Superligadagi ishtirokiga nazar solsak qanday xulosaga kelish mumkin?

- "Andijon"ning hozirgi tarkibining yarimi mahalliy futbolchilardan iborat. Iqtidorlar ko'p bu viloyatda ham. Lekin, jamoa sifatida shakllantira olishmayapti. "Surxon" Superligada barqaror ishtirikoni taminlashi lozim. Boisi muxlislar shu qadar qiziqadiki, jonini beradi kerak bo'lsa. O'zbekiston bo'yicha birinchi o'rinda namanganlik muxlislar bo'lsa, ikkinchi o'rinda surxandaryolik ishqibozlarni aytishim mumkin. "Surxon" safida birinchi ligada to'p tepganimda guvoh bo'lganman, chiroqlar bo'lmasa ham, issiq bo'lsa ham o'yindan 2-3 soat oldin kelib turib olishardi. Surxandaryolik muxlislar vodyinikidan qolishmaydi. Qaniydi "Paxtakor"ga o'xshagan jamoalarni vodiy va vohada ham tashkil qilsa yoki shakllantirsa. Stadion to'ladi, odam sig'may ketadi. Muxlislarga chiroyli futbol yoqadi, ularga joiz bo'lsa bayram qilib berish lozim. 

- Superliga klublarida o'yin uslubi sizga o'xshagan, sizning o'rinbosaringiz sifatida etishib chiqayotgan futbolchilardan kimni ko'rsata olasiz?

- O'yinlarni kuzatib boraman. "Paxtakor"dagi Hojiakbar Alijonovni aytishim mumkin. Yorqin porlab chiqayotgan yoshlarimizdan biri, uning harakatlarida o'zimning o'yinimni ko'raman. Agarda bu bola ishlashdan to'xtab qolmasa Evropa darajasidagi futbolchi sifatida etiladi. "Bunyodkor"dagi Ibrohim Halil Yo'ldoshevning tezligi, harakatlari chakki emas. "Nasaf", AGMKda ham shunaqa futbolchilar bor. Muhimi ishlashdan to'xtab qolmaslik. Superligada o'ynayotgan futbolchilarni kamchiligi ishlashdan to'xtab qolishadi. 

- Futbolimiz va terma jamoamizni kelajagini, bo'lg'usini qanday tasavvur qilmoqdasiz?

- Futbol maktabi va internatiga borib yoshlarni kuzata turib kelajak va bo'lg'usi haqida hech narsa deya olmayman. Agar men Jahon chempionatiga chiqamiz, unday qilamiz bunda qilamiz desam o'zimni aldagan bo'laman. Bu tizim va bu sharoit bilan biror natijaga erisha olishimiz qiyin. 

- Butsalaringizni mixga ilganingizdan so'ng ortga faoliyatingizga nazar soldingizmi? Nimalar yo'qotdingiz, ko'nglingiz to'lmagan jihatlar bo'ldimi?

- Baribir futbolchilikni tugatganingizdan keyin sezilar ekan. Ko'nglim to'lmagan jihati proffessional futbolchi sifatida bir jamoada uzoq o'ynamadim, qaysidir joyda o'z ustimda ishlashdan to'xtab qoldim. Futboldan uzoqlashmadim, murabbiylikni boshladim. Ilyos Zeytullaev bilan yaqin o'rtoqmiz. Italiyada o'zining ikkita jamoasi bor, payt bo'lganda borib turaman, ko'rib gaplashib kerakli ko'nikmalarni olaman. SHularni ko'ra turib biz proffessionalikka amal qilmaganligimizni bilaman. Bu faqat maydonga chiqib o'ynash yoki mashg'ulotlarga borib yurish emas. Uning ichiga nonushtangiz, tanavvul qilayotgan ovqatlaringiz, yotish turishingiz barchasi kiradi. Futbolda mayda xato bo'lmaydi. Evropalik futbolchilar bekorga kuchli emas, ular kun tartibini juda mukammal tuzadi va amal qiladi. SHu sababli 90 minut yuguradi va yana shuncha vaqtga etadigan kuchni saqlab qoladi. Murabbiylikni bolalar futbolidan boshlashga qaror qildim, futbolda ko'p narsani bilaman deb o'ylar ekanman. Vaholanki, hozir ishlab turib 40 foiz narsani ham bilmasligimni angladim. Yangiyo'lda va shu viloyatimizda tizimni to'g'ri yo'lga qo'yishiga hissamni qo'shsam xursand bo'lardim. Jamoalarga ko'proq bolalarni etkazib berishni maqsad qilganman. Qolganini nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика