Xoland ushbu mavsumdagi o'yiniga baho berdi
09 apr 2020 21:10
Yangiliklar
Xoland ushbu mavsumdagi o'yiniga baho berdi
“Borussiya D” hujumchisi Erling Xoland o'zini ortiqcha maqtash niyati yo'qligini aytdi.
U 2019/20 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 33 o'yinda qatnashib, 40+7 natijaga erishdi.
“O'zimni haddan tashqari yuqori baholamoqchi emasman. O'zimni yaxshi ekanligimni his qilishim doim muhim bo'lgan, ammo atrofimda kuchli futbolchilar etarlicha.
Hammasi tush kabi. Biroq, menda ijobiy kechmagan o'yinlar ham bo'ldi. Yonimda ajoyib insonlar ko'pligidan baxtiyorman. Yo'lning boshidaman, oldinda esa ko'p narsalar kutmoqda”, deydi 19 yoshli norvegiyalik.
Fikrlar