So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  5 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

"Xo'jand" bosh murabbiyi: "Jamoamizda bir necha nafar o'zbek futbolchilari ko'rikdan o'tishmoqda" Yangiliklar

"Xo'jand" bosh murabbiyi: "Jamoamizda bir necha nafar o'zbek futbolchilari ko'rikdan o'tishmoqda"

Farg'onada tashkil etilayotgan "Hokim kubogi-2023" musobaqasining 1-turidan o'rin olgan "Turon" U-21 - “Xo'jand" (1:4) uchrashuvidan so'ng, tojikistonliklar bosh murabbiyi Rustam Xodjaev saytimizga intervyu berdi.

- Rustam aka, "Hokim kubogi" musobaqasi va bugungi o'yin haqida fikrlaringiz?

- Albatta, yurtingizga musobaqa tashkilotchilarning taklifiga asosan keldik. Bizga ko'rsatilayotgan munosabat va yaratib berilayotgan sharoitlardan mamnunmiz. Ushbu turnir bizga mavsumoldi tayyorgarlik jarayonimizning bir qismi hisoblanadi. Musobaqada Birinchi liga, Pro-liga va Superliga klublarining yoshlar jamoalariga qarshi bellashamiz. Turlicha jamoalarga o'ynagan yaxshi, bunday uchrashuvlar orqali rejalangan uslublar va ko'rikda bo'lib turgan futbolchilarning imkoniyatlarini ko'rib olish mumkin.

Bir jihatdan hozir O'zbekistonda sovuq ob-havo hukmron, albatta bu futbol o'ynashda o'ziga yarasha qiyinchilik tug'diradi. Biroq hozir qish, biz buni bilamiz, mavsum startiga qadar optimal tarkibni shakllantirib olishimiz kerak.

Bugungi o'yin haqida aytadigan bo'lsam, albatta sovuq ob-havo futbolchilarning o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalana olishlariga biroz to'sqinlik qildi. SHunday bo'lsa ham biz yomon o'yin ko'rsatdik deya olmayman, tezkor va yosh futbolchilarga qarshi turishni uddaladik. SHunday o'yinlar orqali tajribamiz yanada ortib boradi.

- Guvohi bo'ldik, "Xo'jand" tarkibida bir nechta o'zbekistonlik futbolchilar maydonga tushishdi. Ular ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qilayapsizmi?

- Ha, to'g'ri, hozirda jamoamizda bir necha nafar o'zbek futbolchilari ko'rikdan o'tishmoqda. Ular (Abdurahmon Abdulhaqov, Elnurbek Turg'unov, Xushnudbek Bozorov, Rahmatillo O'ktamov - tahririyat izohi) bilan gaplashdik, jamoamiz safiga kelib mavsumoldi yig'in davomida ko'rikda bo'lishadi. Rejalarimizga mos kelganlari bilan shartnoma imzolaymiz. Hozirda aniq bo'lgani, yosh yarim himoyachi Xushnudbek Bozorov bilan ikki yillik muddatga mo'ljallangan shartnoma imzoladik. Qolgan futbolchilarning tarkibda qolishi yoki qolmasligi mavsumoldi yig'inlar mobaynida aniq bo'ladi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика