Rustam Ashurmatov qachon safga qaytishi malum
21 avg 2025 12:43
Yangiliklar
Rustam Ashurmatov qachon safga qaytishi malum
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Tehronning "Istiqlol" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov iyul oyida jarohat olgandi.
"Al Hussayn" klubiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Ashurmatov raqib bilan to'qnashuvda jarohat olgandi. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, himoyachi taxminan bir oydan so'ng maydonga qaytadi. Shu sababdan "Istiqlol" himoyachini Eron chempionatining birinchi davrasi uchun ro'yxatdan o'tkazdi.
Oldinroq Eron nashrlarida Rustam Ashurmatov jarohati tufayli uzoq muddat maydonga tusha olmasligi va "Istiqlol" uni birinchi davra uchun ro'yxatdan o'tkazmasligi haqida xabarlar chiqqandi.
Futbolchi CAFA musobaqasida O'zbekiston terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar