Xitoy klubi "bolg'achilar"ning asosiy futbolchisiga 35 million funt taklif qildi
10 jan 2019 01:02
Yangiliklar


Xitoy klubi "bolg'achilar"ning asosiy futbolchisiga 35 million funt taklif qildi
Xitoy klublaridan biri "Vest Xem" hujumchisi Marko Arnautovichni sotib olish niyatida.
Bu haqda Angliyaning Sky Sports nashri malum qildi. Manbaga ko'ra, Arnautovichni sotib olish uchun Xitoy klubi 35 million funt (39 million evro atrofida) taklif qilgan. Avvalroq, 29 yoshli forvardga "Manchesier Yunayted" qiziqish bildirayotgandi.
APLning ushbu mavsumida avstriyalik Marko "Vest Xem" libosida 15ta o'yinda maydonga tushib, 9ta golli vaziyatlarda ishtirok etdi (7ta gol, 2ta assist). "Bolg'achilar"ning Arnautovich bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar