Xitoy chempionatida o'zbekistonliklar derbisi bo'lib o'tdi
01 iyu 2017 17:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/262155_original.jpg)
![](/upload/storage/262155_220.jpg)
Xitoy chempionatida o'zbekistonliklar derbisi bo'lib o'tdi
Anzur Ismoilov to'p tepadigan "CHanchun Yatay" Xitoy Superligasining 15-turida Pekinning "Beyjin Guan" jamoasini qabul qildi.
Ancha vaqtdan beri pekinliklar safida ko'rinish bermayotgan Egor Krimec bu tur asosiy tarkibda maydonga tushdi va o'yinni to'liq o'tkazdi. Krimec 81 daqiqada sariq kartochka olishga ham ulgurdi. Mezbonlar safini himoya qilgan Anzur Ismoilov ham yurtdoshi kabi 90 daqiqa o'ynadi.
Uchrashuv 2:1 hisobida "CHanchun Yatay" g'alabasi bilan yakunlandi.
"CHanchun Yatay" - "Beyjin Guan" 2:1
Gollar: Odion Igalo 21, Fan Ksyaodong 40 - Xonatan Soriano 76 (pen.)
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar