"Xetafe" futbolchisini "Barselona"ga sotishga tayyor

Alisher
13 fev 2020, 18:45
"Xetafe" hujumchisi Anxel Rodriges Kataloniya klubi short-listida bor.

"Xetafe" prezidenti Anxel Torresning qayd etishicha, klub 32 yoshli forvardini "Barselona"ga sotishga tayyor.

"Bu muammo emas. Agar Anxel ushbu jamoada bo'lish imkoniyatiga ega bo'lsa, men buni rad eta olmayman", - deydi Torres.

Rodrigesning shartnomasida o'yinchini 10 million evroga sotib olish borasidagi band bor, ammo hozircha "Barselona" tomonidan rasmiy taklif bo'lmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca