Xarri Keyn 2 oy maydonga tusha olmasligi mumkin
20 sen 2016 07:58
Yangiliklar


Xarri Keyn 2 oy maydonga tusha olmasligi mumkin
Tottenxem hujumchisi Xarri Keynning jarohati qanchalik jiddiy ekani malum bo'ldi.
Daily Mail nashri xabariga ko'ra, hujumchi taxminan 2 oy maydonga tusha olmaydi. Futbolchi Sanderlendga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olgan.
Kechagi tibbiy ko'rikdan so'ng futbolchining oyoq suyaklari sinmagani, faqat mushaklar shikastlangani aniqlandi. SHu tariqa, Keyn Angliya terma jamoasining noyabr oyidagi SHotlandiyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar