Arteta APL yulduzining "Arsenal"ga o'tishida asosiy sababchi bo'lgan
25 avg 13:02
Yangiliklar
Arteta APL yulduzining "Arsenal"ga o'tishida asosiy sababchi bo'lgan
"Arsenal" bosh murabbiyi "Kristal Pelas" vingeri Eberechi Ezening "kanonirlar"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
Malum bo'lishicha, Eze "Tottenxem"ga javob qaytarishi kerak bo'lgan paytda u "Arsenal"ning niyatini bilish uchun birinchi navbatda Mikel Artetaga qo'ng'iroq qilishga qaror qilgan.

"Bu uning kelishni qanchalik xohlayotganini ko'rsatadi. Bazan bu juda qiyin, chunki siz o'yinchilar bilan juda ochiq va shaffof bo'lishingiz talab etiladi. Ular faoliyati mobaynida juda muhim qarorlar qabul qilishlari kerak. Men uni qo'lga kiritganimdan xursandman. Bu uning o'zi va butun oilasi uchun nimani anglatishini o'zingiz ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Oilamizga xush kelibsan. Bizni birga ajoyib lahzalar kutayotganiga ishonchim komil", – dedi Arteta.
27 yoshli futbolchi jamoada 10-raqamni oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar