"Tottenxem" yana og'zidagi oshni "Arsenal"ga oldirmoqda
26 avg 15:20
Yangiliklar
"Tottenxem" yana og'zidagi oshni "Arsenal"ga oldirmoqda
BBC xabariga ko'ra, "Arsenal"ning Inkapega qiziqishi kutilmagan hol emas – "kanonirlar" 23 yoshli ekvadorlik futbolchini uzoq vaqtdan beri diqqat bilan kuzatib yurgan va hozir kelishuvga erishmoqda.
Inkapening "Bayer" bilan 2029 yilgacha shartnomasi bor, ammo unda 52 mln funt sterling tovon puli ko'rsatib o'tilgan. Bu summa to'lansa, u leverkuzenliklar tarkibidan keta oladi.
Pero "Bayer"ni tark etish niyatida ekanligini klubga malum qilgan.

U 2021 yildan beri "Bayer" uchun 166 o'yin o'tkazib, 2023/24 yilgi mavsumda Bundesligani yutdi va Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi.
Avvalroq futbolchiga "Tottenxem" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ko'rinishidan, klub Eberechi Eze singari Pero Inkapeni ham qo'ldan boy beradi.
Malumotlarga ko'ra, "Arsenal" himoyachisi Yakub Kivyor bilan xayrlashsa, yangi transfer haqiqatga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar