Xargrivz dunyoning eng yaxshi hujumchisi kimligini aytdi
20 may 2020 02:05
Yangiliklar


Xargrivz dunyoning eng yaxshi hujumchisi kimligini aytdi
"Bavariya" va "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ouen Xargrivz Myunxen klubi hujumchisi Robert Levandovskining o'yiniga yuqori baho berdi.
"Levandovski ayni damda dunyoning eng yaxshi "to'qqizlik" hujumchisi hisoblanadi. U o'yinlarni deyarli o'tkazib yubormaydi. So'nggi yillarda u zarbalarini mukammallashtirdi. Robert jamoaviy o'yinchi ekaniga ishonaman, u xudbin emas. U Myullerni juda yaxshi tushunadi, agar qanotlarga Koman va Gnabrini qo'shsangiz, hujum chizig'i yanada kuchayadi. Levandovski – "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi. Ular bunday hujumchi bilan ECHLni yana bir bor yutishlari mumkin", - dedi Xargrivz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar