WhoScored portali “Jenoa” – “Atalanta” uchrashuvidan keyin futbolchilarni baholadi
15 may 2021 21:01
Yangiliklar
WhoScored portali “Jenoa” – “Atalanta” uchrashuvidan keyin futbolchilarni baholadi
A Seriya 37-turidan o'rin olgan “Jenoa” – “Atalanta” bahsida bergamoliklar 4:3 hisobida g'alabaga erishdi.
WhoScored portali mazkur bahsdagi futbolchilarning harakatini baholadi. Unga ko'ra, gollardan biriga mualliflik qilgan Ruslan Malinovskiy eng yuqori ball (8,8)ga loyiq ko'rilgan bo'lsa, jamoadoshi Duvan Sapata 8,4 ball bilan baholandi.
Zaxiradan o'yinga qo'shilib, dublni rasmiylashtirgan Eldor SHomurodov esa “Jenoa”ning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi – 8 ball.
Fikrlar