So’nggi yangiliklar

13:14Ўзбекистон миллий футзал терма жамоаси Бухородаги йиғинни давом эттирмоқда  2 13:11Суперлига–2025. Эксперт хулосаси: "Насаф" селекцияда ютқазди, "Нефтчи" эса кутилмаларни оқлади  0 12:48Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди  4 12:25Луис Суарес футболчилик фаолиятидаги сўнгги мавсумни қаерда ўтказади?  3 11:46Қувондиқ Рўзиев "Навбаҳор"га қайтди  1 11:25Трамп Кот-д’Ивуар ва Сенегал фуқароларининг АҚШга киришини чеклади. Уларнинг терма жамоалари ЖЧ-2026да ўйнайди  2 10:14МЮ Семеньо учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум   3 09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  2 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  2 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  5 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  4 07:52"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди  7 07:38Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берганди?  6 03:40Испания кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлубиятга учратди  6 03:05Англия лига кубоги. ​Гарначонинг дубли "Челси"га "Кардифф" устидан ғалаба тақдим этди.  1

Kamoliddin Tojiev: "Faqat Sergeevga bog'lanib qolmaganmiz" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Faqat Sergeevga bog'lanib qolmaganmiz"

Bugun bo'lib o'tgan Superliga 14-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Birinchi taymni juda yomon boshladik va tanaffusgacha shunday davom etdi. Ikkinchi bo'limda esa Diyor Xolmatovni maydonga tushirdik. Shundan keyn vaziyatni o'z tomonimizga og'dirdik. Oxirgi daqiqalarda ikkita to'p kiritib mag'lubiyatdan qutilib qoldik. O'ylashimcha, o'yin durangga mos bo'ldi.

- "Paxtakor" bugun g'alabaga teng durang qayd etdi. Bundan ko'rini turibdiki, jamoa o'ziga kelyapti. Bunga qanday erishyapsiz?

- Avvalo futbolchilar bilan gaplashib olishimiz kerak edi va shunday qildik ham. Yigitlarda o'ziga bo'lgan ishonch susayib qolgandi. Hozir esa shuni to'liq qaytarishga harakat qilyapmiz. Jamoa shunday bo'lishi kerakki, tarkibdagi istalgan futbolchi maydonda yo'q o'yinchi o'rnini to'ldirishi lozim. Shundagina yakdil jamoaga aylanamiz. Jamoa birdek o'ynashi uchun ko'p mehnat qilyapmiz.

- Oldinda ikkinchi davra bor. Selekciya ishlari bo'ladimi?

- Ha, albatta. Buning uchun ishlayapmiz. Bir-ikki nafar futbolchini ko'z ostimizga olib qo'yganmiz.

- Jamoa oldiga qo'yilgan maqsad haqida?

-  Maqsad bitta - har doim mavsumni yuqori notada o'tkazib, chempion bo'lish.

- "Paxtakor" birinchi taymda "Nasaf" darvozasi tomon deyarli zarba bera olmadi. Bu nima bilan bog'liq? 

- Bunday bo'lishini kutmagandik. Jamoada toliqish bor, ko'p o'yinlar o'tkazdik. "Nasaf" yaxshi o'ynadi, biz esa o'yinga kirishib keta olmadik.

- Davralar oralig'ida legioner taklif etiladimi? 

- Bu borada ish ketyapti, hozirdan aniq bir narsa deya olmayman.

- Jamoada psixolog bormi?

- Bosh murabbiy o'zim ekanman, demak psixolog ham o'zimman.

- Bungacha ko'p o'yinlarda asosan Igor Sergeev gol urib kelayotgandi. Bugun esa shunday bo'ldiki, Sergeev almashtirilgandan keyin ikkita gol urildi. 

- Endi bir narsani tushunish kerak, Sergeev ham odam, temir emas. Undayam charchoq, toliqish bo'ladi. Qolaversa almashtirishsiz o'ynayapti. Aytib o'tganimdek, bizda bir futbolchi o'rnini boshqasi bosa olishi kerak. Biz faqat Sergeevga bog'lanib qolmaganmiz. 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика