So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  8 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  6 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

Superliga. "Dinamo" 10 kishi bo'lib Qo'qonda g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" 10 kishi bo'lib Qo'qonda g'alabaga erishdi

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Dinamo" bahsi bo'lib o'tdi.


Superliga, 14-tur

"Qo'qon-1912" – "Dinamo" 2:3  

27.06.2025.Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 20:00

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Amir Galeev, Danil Yacenko, Umidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: Akobir Shukurullaev

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Komissar: Abdulbosit Valixonov

Gollar: Jasur Xolto'raev 11, - 1:0 (Zafar Hakimov). Anvarjon Hojimirzaev 30, - 1:1 (Maqsudxo'ja Aloxo'jaev). Salim Mustafoev 43, - 1:2 (Anvarjon Hojimirzaev). Jasur Xolto'raev 61, - 2:2 (Javohir Husanov). Anvarjon Hojimirzaev 73, - 2:3 (Oybek O'rmonjonov). 

"Qo'qon-1912": 13.Aziz Isaqov, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Shota Gvazava (10.Husniddin G'ofurov, 75), 8.Baxtiyor Qosimov, 9.Javohir Husanov, 14.Jasur Xolto'raev, 15.Zafar Hakimov (18.Bahrom Abdurahimov, 56), 20.Iqbol Malikjonov, 22.Muhammadanas Hasanov, 69.Egor Kondratyuk (17.Alisher Xayrullaev, 83).

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 2.Mirziyod Mirodilov, 19.Shahzod Akramov, 23.Bekjon Jo'raboev, 30.Ibrohim Muxtorov, 37.Tohirbek Yo'ldoshev.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 5.Duglas Maykon (8.Sanjar Qodirqulov, 22), 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 9.Mirjahon Mirahmadov (20.Jaloliddin Jumaboev, 66), 10.Anvar Hojimirzaev, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 16.Richard Fraydey (22.Ulug'bek Abdullaev, 46), 17.Salim Mustafoev (18.Oleksandr Kucherenko, 45+6), 37.Firdavs Abdurahmonov, 88.Marko Stanoevich (25.Oybek O'rmonjonov, 66).

Zaxira: 27.Edem Nemanov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov, 23.Behruz Oblaqulov, .

Ogohlantirishlar: Anvarjon Hojimirzaev 26, 

Chetlatish: Jahongir O'rozov 45+4,



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+5. O'yin tugadi. "Qo'qon-1912" - "Dinamo" 2:3

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi.

89. ZARBAAAA! Maydon markazidan Baxtiyor Qosimov yo'llagan zarba aniq chiqdi, Yagudin qiyinchilik bilan to'pni ushlab oldi! 

89. Hojimirzaev hozir ikki himoyachi qurshovida qolib darvoza tomon bordi va yiqilib tushdi, bosh hakam bu vaziyatda qo'pollik yo'q deb topdi

85. ZARBA! Javohir Husanovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Yagudin to'pni egallab oldi

83. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Kondratyuk o'rniga Alisher Xayrullaev tushdi

83. Bir kishi kam bo'lib o'ynayotgan "Dinamo" hujumkor o'yin taklif qilmoqda. Hozir Firdavs Abdurahmonov gol urishi mumkin edi, u yaqin masofadan zarba bera olmadi

75. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Gvazava o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi

73. GOL! O'rmonjonovning uzatmasidan keyin Hojimirzaev gol urdi. Hakamlar dastlab ofsayd ko'rsatishdi, biroq VAR yordamida o'yindan tashqari holat yo'qligi bois gol inobatga olindi - 2:3

72. ZARBA! Abdurahimovning zarbasi biroz noaniq ketdi

70. O'rmonjonovning o'ng qanotdan darvozaga yo'llagan zarbasi yo'liga Jasur Yoqubov to'g'anoq bo'ldi

67. Zarba! Bahrom Abdurahimovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

66. O'zgarishlar. "Dinamo". Mirahmadov va Stanoevich o'rniga Jumaboev va O'rmonjonov tushdi

65. ZARBA! Baxtiyor Qosimovning uzoqdan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Yagudin to'pni ushlab oldi

61. GOL! Chap qanotdan Muhammadanas Hasanov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Javohir Husanov darvoza yoniga uzatdi, darvoza qarshisida turgan Xolto'raev dublini rasmiylashtirdi - 2:2. 

58. Yagudin o'z himoyachisi bilan to'qnashib ketdi va unga shifokorlar yordam berishmoqda

56. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Jarohat olgan Hakimov o'rniga Bahrom Abdurahimov tushdi  

54. "Qo'qon-1912" himoyachisi Zafar Hakimov jarohat oldi va unga shifokorlar yordam berishmoqda

52. Zarba! Anvarjon Hojimirzaevning zarbasi xavfli chiqdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Dinamo". Fraydey o'rniga Ulug'bek Abdullaev tushdi


45+7. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:2

45+6. O'zgarish. "Dinamo". Jarohat olgan Mustafoev o'rniga Kucherenko tushdi

45+4. CHETLATISH! Bosh hakam VARni ko'rdi va O'rozovga sariq kartochka o'rniga qizil kartochka ko'rsatdi. U birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Xolto'raevni yiqitgandi. 

45+1. Ogohlantirish. "Dinamo". Jahongir O'rozov

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi

43. GOL! Burchakdan Hojimirzaev uzatgan to'pni Salim Mustafoev boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:2. 




41. ZARBAAA! Sanjar Qodirqulovning 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Azizxon Isaqov to'pni qaytardi!

37. ZARBAAA! Javohir Husanov bilan devor uslubida o'ynagan Baxtiyor Qosimov jarima maydoni ichidan zarba berdi, Yagudindan chiroyli seyv!

30. GOL! Aloxo'jaevning chap qanotdan uzatgan to'pini Anvarjon Hojimirzaev jarima maydoni yonidan darvozaga joylab qo'ydi - 1:1. 

26. Burchak to'pidan keyin Kondratyuk boshi bilan zarba bera olmadi

26. Zarba! Muhammadanas Hasanov jarima to'pini amalga oshirdi, Stanoevich to'pni qaytarib yubordi.

25. Ogohlantirish. "Dinamo". Anvarjon Hojimirzaev

22. O'zgarish. "Dinamo". Jarohat olgan Duglas o'rniga Qodirqulov tushdi

16. UX! Maydon markazida Ratino va Kondratyuk boshi bilan to'qnashib ketishdi. Shifokorlar Ratinoga yordam ko'rsatishmoqda

15. UXXX! Muhammadanas Hasanov burchakdan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, Yagudin o'z o'rnida! Keyingi hujumda Xolto'raev noaniq zarba berdi!

14. ZARBAAAA! Jasur Xolto'raev endi jarima maydoni tashqarisidan kuchli va aniq zarba berdi, Yagudin qiyinchilik bilan to'pni qaytardi!

11.GOL! Chap qanotdan Zafar Hakimov havolatib to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, Jasur Xolto'raev boshi bilan gol urib hisobni ochdi - 1:0.




4. ZARBAAAA! "Qo'qon-1912"ning hujumi, Muhammadanas Hasanovning jarima maydoni chizig'idan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Ravshanbek Yagudin chiroyli seyv namoyish etdi! 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+7   
27 iyu 21:46:39
Samarkanets
Assalomu alaykum hammaga! Sharhlovchilar masalasida haqiqatdan MTRK o'ylab ko'rish kerak chunki ikkinchi o‘yindirki Dinamoga qarshi qandaydir simpatiya bilan sharhlashyapti
+5   
27 iyu 22:30:38
Усмонбек
Динамо мухлисларига табрик нефтчи насаф бн уйинлардаям омад галаба
+5   
27 iyu 22:04:52
Shovruq88
Qoyil Dinamo!Abramov chempion qiladi Dinamoni
+5   
27 iyu 21:49:48
Soccerland777
Динамо олға! Суперлигани ёндиряпсан бу йил!
+5   
27 iyu 19:37:22
Аллаёров Ёдгор
dinamoga omad
+4   
27 iyu 22:21:41
ŞʊռռɑԵ
Маладес Динаможон 12 кишига карши иродали галаба козондик Олга Динамо Олга Самарканд
+4   
27 iyu 22:14:17
Y@Go_6060
Динамо галабалар давомий булсин!!!
+4   
27 iyu 22:08:02
Fesion disegner
Кукон рахбариятига тан бермадим кетма - кет маглубиятлар булса хам анови Супер Мураббий жойда зудлик билан кеч булмасдан Мураббийни алиштиринглар энг яхши номзод Кукон углони Нумон Хасанов
+4   
27 iyu 22:04:41
Designsprint
Dinamo yutganidan sharxlovchi xomush bopqoldi! oyin intrigali boldi lekin sharxlovchi olik sharxladi
+3   
27 iyu 22:27:44
Rahmonberdi Islomov
Rahmonberdi Islomov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bŏsh kelgan DINAMO!!!
Bŏsh kelma DINAMO deb yozmochi edim
+3   
27 iyu 22:04:23
Футбол мухлислар учун
Бахром Хайдаров ва Мухсин Низомиддинов санлар камандани тугаттиларинг
+3   
27 iyu 22:01:59
Vidich
Dinamo molodes!
+3   
27 iyu 19:12:11
Д И Н А М О жон
2:0 ютишимиз керак олга ок армия вперёд диномо
+2   
27 iyu 22:26:17
Rahmonberdi Islomov
Bŏsh kelgan DINAMO!!!
+2   
27 iyu 21:43:55
Umid Xujanov
Futbol tv sharxlovchisi neytral bo'lishi kerak emasmi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика