So’nggi yangiliklar

18:46"Манчестер Сити" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  2 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  5 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  15 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  11

Vadim Abramov: "Chempionlik? Bu haqida sentyabr-oktyabr oylarida gaplashamiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Chempionlik? Bu haqida sentyabr-oktyabr oylarida gaplashamiz"

Superliganing 14-turida "Qo'qon-1912" maydonidagi g'alabadan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin qiyin o'tdi. Birinchi bo'limni juda yomon boshladik va gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik omadimiz kelib, ikkita gol urib oldik. Barchasi yaxshi ketib turgan paytda hakam o'yinga aralashdi va bilmadim, qanaqasiga bu vaziyatda so'nggi umid foli sifatida qizil kartochka berganini tushunmadim. U nuqtadan gol ham urib bo'lmasdi. Qo'shimchasiga o'sha vaziyatda to'p raqiblardan maydon tashqarisiga chiqib ketgan va biz autdan to'pni o'yinga kiritishimiz kerak edi. Aut otmoqchi bo'lib turganimizda o'sha vaziyat yuzaga keldi. VAR hakamni o'ziga chiqardi, lekin to'p qaerga ketganini ko'rishmadi. Muammo kattalashdi, bizda uch futbolchi safdan chiqdi. Oldinda bizni "Neftchi" va "Nasaf"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi. 

- Hozirgi paytda selekcionerlar yaxshi ishlamayapti. Siz yaxshi selekcionersiz. Ushbu kasb egalarining hozirgi faoliyati haqida nimalar deya olasiz? Hozirgi selekcionerlarning shunchaki nomi bor, ular faqat oylik oladi, lekin tayinli ish qilmayapti.

- Menimcha bu katta muammo emas. Selekciya ishlarini oldin futbol o'ynagan sobiq futbolchilar olib borgani yaxshiroq deb o'ylayman. Buning uchun ham iqtidor kerak. Bu holatni gapirish men uchun qiyin. Yaxshi sobiq futbolchini topsangiz, u jamoaga bemalol yordam bera oladi.

- "Nasaf" hozirgina "Paxtakor" bilan durang o'ynadi va "Dinamo" bilan ochkolar farqi qisqardi. "Dinamo" chempionlik uchun kurasha oladimi? Jamoaning bunga kuchi etadimi?

- Buni taxmin qilish qiyin. Hozir uzoqni gapirib ham bo'lmaydi. Aytganimdek, asosiy tarkibning uch futbolchisi safda emas. Bizni oldinda birinchi davraning so'nggi ikki o'yini kutib turibdi. Bunday issiq havoda barchaga ham oson emas. Shu sababli chempionlik uchun kurash haqida sentyabr-oktyabr oyida gaplashish mumkin. Hozir holat tez o'zgarib ketmoqda. Oldimizdagi ikki o'yinda bor kuchimiz bilan o'ynashimiz kerak. Agarda barchasi yaxshi bo'lsa, nimadir deyish mumkin bo'ladi. Barchasi natijalarga bog'liq.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика