Ro'ziqul Berdiev: "Ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman"
27 iyu 23:32
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "Ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman"
- Avvalo o'yin haqida fikringiz?
- G'alabaga munosib edik, o'yin tomonlama raqibdan kuchli ekanimizni ko'rsatib turgandik, ammo oxirgi daqiqalarda ikkita to'p o'tkazib yubordik. Ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Hisob 2:0 paytida "Paxtakor" o'yinni tashlab yuborganida balki g'alaba qozongan bo'larmidik. Buniyam qabul qilishimiz kerak. Bazi jamoalar bunga amal qilmaydi, buni tushunishmasa ham kerak. O'tkazib yuborilgan birinchi goldan keyin ko'p narsa o'zgarib ketdi. Ikkinchi golda esa kurashdan to'xtab qoldik. Endi Samarqandda kechadigan bahsga tayyorgarlik ko'ramiz. Biz yaxshi o'ynadik deb futbolchilarga aytdim. Endi buni unutib keyingi uchrashuvga hozirlik ko'rish kerak.
- Cholovich aksar uchrashuvlarda to'liq o'ynamayapti. Bu jismoniy holat bilan bog'liqmi yoki taktikami?
- Uning jismoniy holatini yomon deya olmayman. Cholovich evropalik o'yinchi va bizdagi issiqqa qiynalishi tabiiy. Charchoq yuzaga kelganda koncentraciya yo'qoladi va fikrlash torayadi, shunday paytda uni zaxiraga olyapmiz. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Cholovichda oldinga harakat kamaydi, shu bois uni almashtirdik. Oxirgi o'n yoki etti daqiqa biz uchun g'alati kechdi.
- O'tkazilgan ikkinchi golni takror ko'rdingizmi?
- Qisman. Hali o'yinni to'liq qaytadan ko'rib tahlil qilib chiqamiz. Himoyachimiz G'olib G'aybullaevning aytishicha, o'sha vaziyatda to'p raqib o'yinchisi qo'liga tekkan ekan, shu bois hakam bilan gaplashdi. Lekin kamerada yaxshi ko'rinmayapti, balki boshqa rakursdan kamera olganida ko'ringan bo'larmidi.
- "Nasaf" birinchi taymda yaxshi o'ynadi, lekin jamoangiz 2:0 hisobini ushlab qolishga o'ynagandek ko'rindi.
- Birga bir vaziyatlar ko'p bo'ldi, nazorat to'liq bizda edi. Vaziyat yaratayotgandik, ammo birinchi golni o'tkazgach, to'xtab qoldik. Bazi jamoalar bor, halol o'yin qoidasiga amal qiladi, lekin bazi jamoalar bunga amal qilmas ekan. Buniyam qabul qilishimiz kerak. Biz Xebaydan ko'p narsa kutgandik, lekin biz bilan xayrlashadigan bo'ldi. Akmal Mozgovoyga yaxshi taklif bor deb eshitdim, ammo uning klub bilan shartnomasi bor. Agar yangilik bo'lsa buni albatta eshitasizlar.
- Statistikaga qanday qaraysiz?
- O'yindan oldin "Paxtakor"ga qarshi 9ta uchrashuvdan beri yutqazmayotganimiz haqida bilgandim. Lekin statistika bu o'yin emas. Ko'p narsani maydondagi kurash hal qiladi. Har bir o'yin o'tib bo'lgach, tarixga aylanadi. Kubok uchrashuvi ham, Superliga bahsi ham. Buni tezroq unutib bo'lajak o'yinlarga hozirlik ko'rish lozim. Bugun ham o'zimizni ko'rsatishni maqsad qilgandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Олдинлари Розиқул акани хурмат қидар эдим !
Хозир эса мутлоқ шаштим йуқ бўлди
Ўткан йили хакамлар ердамида чемпион бўлиб энди катталарни айтканини килишга мажбур !
Ўзин халол бўлмасан бошкани халолсизликда айиблаш бу ота пастлик !
Футбол хам бир сиёсат бўлиб қолган ози
Ойинга келсак бохона кидириш номардни иши ( халолсиз ,кулга тегди вахоказо)
Мард бўлин Рузиқул бой !