Mareska "Bavariya" bilan o'yindagi hakamlikni tanqid qildi
18 sen 2025 10:05
Yangiliklar
Mareska "Bavariya" bilan o'yindagi hakamlikni tanqid qildi
Londonning "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Enco Mareska Myunxenda "Bavariya"ga qarshi o'tgan Chempionlar Ligasi 1-tur bahsidagi hakamlikdan norozilik bildirdi.
Uchrashuv 1:3 hisobida myunxenliklar foydasiga yakunlandi. Bosh hakam — ispaniyalik Xose Sanches Martines edi.
"Jonatan Taga qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Men har doim aytaman: agar futbolchi to'p uchun kurashmay, balki raqibga qasddan zarba bersa, bu — maydondan chetlatish uchun asos. Hakam nega qizil ko'rsatmadi? Uning aytishicha, bu fol etarlicha qattiq va tajovuzkor ko'rinmagan. Hakam fikricha, qizil uchun ko'zga ko'rinadigan tasir — qon yoki shunga o'xshash holat bo'lishi kerak. Ammo bunda qasd bo'lgani uchun — men uchun bu aniq qizil", — deya Mareskaning so'zlarini keltiradi BBC.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar