So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  9 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Osiyo tomon yo'lga chiqish navbati "Andijon"ga - OFKning klublar musobaqalarida qatnashgan barcha o'zbek klublari Yangiliklar

Osiyo tomon yo'lga chiqish navbati "Andijon"ga - OFKning klublar musobaqalarida qatnashgan barcha o'zbek klublari

Maksim Shackix boshchiligidagi "Andijon" jamoasi bugun o'z tarixida ilk marotaba OFKning klublar miqyosidagi turnirida debyut qiladi.

Shu paytgacha Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan o'tkaziladigan klublar miqyosidagi musobaqalarda 13 ta o'zbek klubi ishtirok etgandi. "Andijon" jamoasi ushbu ro'yxatda 14-o'zbek klubi bo'ladi.

Quyida OFK turnirlarida ishtirok etgan jamoalarimiz va ularning natijalari bilan tanishamiz:

"Paxtakor" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (avvalgi OCHLda 19 martta, Elitda 1 martta) 20 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.

"Bunyodkor" — Osiyo Elit chempionlar ligasida  (OCHL) 10 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.

"Nasaf" — Osiyo Elit chempionlar ligasida 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final. Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 3 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chempionlik (OFK kubogida).

"Lokomotiv" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 5 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.

"Neftchi" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — 3-o'rin. Osiyo chempionlar ligasi (OFK Kubogi) 2 turnirida 2 marta qatnashgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.

OKMK — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.

"Do'stlik" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi. 

Qo'shimcha: "Do'stlik" qatnashgan yilda musobaqa Osiyo Kubok egalari Kubogi nomlangan. Toshkent viloyati jamoasi guruh bosqichiga chiqish uchun ilk raunddayoq Tojikistonning "Varzob" jamoasi bilan to'qnash kelgan va raqibga texnik g'alaba yozilgan. O'yin o'tkazilmagan. Guruh bosqichigacha etib bormagan.

"Mashal" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.

"Navbahor" — Osiyo Elit chempionlar ligasida (OCHL) 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.

"Sho'rtan" — Osiyo chempionlar ligasi (OFK Kubogi) 2 turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final.

"So'g'diyona" — Osiyo chempionlar ligasi 2 (OFK Kubogi) turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.

Qo'shimcha: "Yangier" ham Kubok egalari Kubogining 1995-1996 yilgi mavsumida qatnashgan. Ilk saralash bosqichida "Turan"ni yutgan, ikkinchi saralash raundida Iroqning "Al Talaba" jamoasiga mag'lub bo'lgan.

Qo'shimcha: Samarqandning "Dinamo" jamoasi Kubok egalari Kubogining 2000/2001 yilgi mavsumida qatnashgan. Birinchi saralash raundidayoq Turkmanistonning "Nebitchi" jamoasiga engilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика