VXL. Bugun "Humo" Toshkentda liga yetakchilaridan biriga qarshi o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
5 okt 2019, 14:03
Toshkentning "Humo" jamoasi bugun poytaxtimizda navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.

Hisob bo'yicha mavsumning to'qqizinchi o'yini hisoblanadigan bahsda xokkeychilarimizga liganing yetakchi klublaridan biri, Xanti-Mansiyskning "Yugra" jamoasi raqiblik qiladi. Bahs "Humo Arena"da soat 17:00da start oladi. 

Uchrashuvga tashrif buyuring va jamoamizni qo'llab-quvvatlang!

O'yin uchun chiptalarni "Humo Arena" kassalaridan sotib olishingiz mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com