So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  5 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  17 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  3 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  3 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  2 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3

Vohid Xolboev: "Lokomotiv-BFK"ni tabriklayman" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "Lokomotiv-BFK"ni tabriklayman"

O'zbekiston Pro-ligasining 14-turi doirasida "Nurafshon" - "G'ijduvon" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'tgan safar men yigitlarga etakchilar bilan bahslarda o'z kuchimizni bilib olishimiz kerak degan edim. Kuchli jamoa ekanligimizni mana shunday uchrashuvlarda isbotlashimiz kerak. "Labsa", "G'ijduvon" kabi jamoalarga safarda mag'lub bo'lgandik, ularni o'z maydonimizda mag'lub eta oldik. O'sha yutqazgan bahslarimizda o'yin sifati borasida raqibdan ustunroq bo'lgandik. Yigitlar ikkinchi bo'limning katta qismida boshqacharoq o'yin ko'rsatishdi. Ular osonlik bilan g'alaba qozonamiz deb o'ylashdi. O'yin shunday darajada ketdiki, raqiblarimiz ikkinchi golni urganida, uchinchisini ham kirita olishardi. SHuningdek, ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Murod To'ychiboev, Oripxo'ja Abduholiqovda yaxshi vaziyatlar bo'lgandi. Oripxo'ja kerakli joyda gol urdi, muhim joyda paydo bo'lishni uddaladi. Hujumchi shunday bo'lishi kerak. Futbol shunaqa, 90 daqiqaning kichik qismida ham katta ishlar bo'lib ketishi mumkin. Yigitlar o'zida kuch topa oldi. Raqiblarning xatolaridan foydalana oldik. Yaxshi to'p uzatilishidan keyin, chiroyli zarba berildi, to'p borib ustunga tegdi, qaytgan to'pdan gol urdik. Futbol kichik detallarga bog'liq. Agarda to'p uzatilishida kichik xato bo'lganida ikkinchi gol ham urilmasdi.

Murod Rajabovda yuklama ko'payib ketdi, unda charchoq sezildi. SHu boisdan zaxiradan maydonga tushdi. Bilasizmi, asosiy tarkib futbolchisi zaxiradan o'yinga qo'shilsa, har doim ham yaxshi o'ynay olmasligi mumkin. Oleg Pavlovich bilan maslahatlashib, uni o'yinga tushirishga qaror qildik. Yigitlar qanday kuchga ega ekanligini bilaman. Mana, amallab o'yinda g'alabaga erishdik. Yigitlarga rahmat aytaman. B guruhining etakchiligini saqlab qoldik. Endi oldindagi uchrashuvlarda ham g'oliblikka erishishga intilamiz.

O'tgan turda "Lokomotiv-BFK" durang o'ynaganida ularni tabriklagandim. Sobiq jamoamni, Leonid Senkevichni Pro-ligadagi ilk g'alabasi bilan tabriklayman. Ular keyingi turda ham g'alabaga erisha olishadi", - dedi Vohid Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика