So’nggi yangiliklar

18:28Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди   33 18:09"Челси" — "Сандерленд". Таркиблар маълум  0 17:55Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  1 16:47Катта интервью: Шамил Ярулиндан "Шўртан" ва футболимиз истиқболи ҳақида  0 15:06ПСЖ ярим ҳимоячиси Фабиан Руис жароҳатидан сўнг сафга қайтишга яқин  1 14:08Агент Альвареснинг "Атлетико" бўйича позициясини ошкор қилди  1 13:12Довбик янги клуб қидирмоқда  3 12:28АПЛнинг икки клуби Ковачични ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:47"Реал" ва АПЛнинг тўрт гранди Йилдизга даъвогарлик қилмоқда  16 11:19"Реал" Эндрикни Бундеслига клубига ижарага бериши мумкин  2 10:45Онана? IFFHS 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони номинациясига номзодлар рўйхатини эълон қилди  3 10:17Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...  21 09:51МЮ Бруну Фернандешнинг трансферидан қанча ишлаб олиши маълум  4 09:22"Андижон"дан трансфер тақиқи ечилди  3 08:55"Ливерпуль" "Эл Класико" вақтида "Реал"нинг икки нафар футболчисини кузатиб боради  3

Abdulvohid G'ulomov: 2025 yilgi mavsumda munosib ishtirok etishga har tomonlama puxta tayyorlanyapmiz Yangiliklar

Abdulvohid G'ulomov: 2025 yilgi mavsumda munosib ishtirok etishga har tomonlama puxta tayyorlanyapmiz

Andijon klubi ham yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'ryapti.

Abdulvohid G'ulomov «Burgutlar»ning yangi mavsumga tayyorgarligining Tojikistondagi yig'inida faol qatnashdi va klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Abdulvohid, «Andijon»ning Tojikistondagi yig'ini yakunlandi. Taassurotlar qanday?

- Xudoga shukr, qishki yig'indagi birinchi tayyorgarlik bosqichimiz hisoblangan Tojikistondagi mashg'ulotlarimizni tugatib oldik. Birinchi o'quv-mashg'ulotimizda asosan jismoniy holatimizni yuqori darajaga olib chiqishga etibor qaratdik. Murabbiylarimizning ko'rsatmalari bo'yicha ishladik. Maydonda va trenajyor zalida alo darajada shug'ullandik. Keyingi Turkiyada bo'ladigan o'quv-mashg'ulot yig'inimizga tayyormiz. U erda jamoaviy o'yinimizni tiklab olishga urg'u beramiz va shu bois bir nechta o'rtoqlik o'yinlari o'tkaziladi. Buning uchun bizga vaqt etarli, deb o'ylayman. Turkiyadan chempionatga tayyor holatda qaytamiz. Har bir uchrashuvda muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilish uchun maydonga tushamiz.

- Jamoa qishki tatildan qanday kayfiyatda qaytdi, masalan o'zingiz?

- Albatta, 2024 yildagi mavsumni ajoyib kayfiyatda tamomladik. Yaxshi xordiq chiqardik. 2025 yilgi mavsumda munosib ishtirok etishga har tomonlama puxta tayyorlanyapmiz. Ishonamnki, o'z g'alabalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilamiz.

- «Andijon»ning yangi mavsum uchun maqsadlari jiddiy. O'tgan yili Kubokni qo'lga kiritdi. Bu yil Osiyo CHempionlar ligasi 2 da qatnashadi. SHunga yarasha tarkib shakllantirilyapti. Yangi futbolchilar kelyapti va ular bilan moslashish qanday kechyapti?

- Ha, biz ilk bor Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etamiz. Undan avval o'zimizni chempionatimiz va Superkubok o'yinimiz bor. Maksimal ravishda chempionatni yaxshi boshlashga va Superkubokni qo'lga kiritishga, kerak bo'lsa 120 foizga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, OCHLda ham munosib qatnashamiz. Albatta, safimizda yangi futbolchilar bor. Ularning bir nechtasi ilgari «Andijon»da to'p surishgan. Hammasi joyida. Ularni jamoamizga kirishib ketishi qiyin bo'ladi, deb o'ylamayman. Bu borada hech qanaqa muammo yo'q.

- Himoyachi sifatida sizga chempionatimizda xavf tug'diradigan futbolchi kim?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Lekin men birinchi navbatda o'z ishimni sidqidildan bajarishga harakat qilaman. Buni Xudo xohlasa chempionatda ko'rsataman.

- Muxlislar jamoadan ko'p narsa kutishyapti. Ular uchun nima degan bo'lardingiz?

- Fan-klubimiz O'zbekistonda birinchi raqamli. Buni barcha yaxshi biladi. Biz ularni xursand qilish uchun borimizni beramiz. Har doim biz bilan birga bo'lishadi. Qo'llab-quvvatlashlari maydonda bizga katta kuch bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика