Qodirqulov va Abdurasulov "Dinamo"da, "Paxtakor" futbolchisi "Andijon"da va boshqa transferlar
09 dek 2024 20:52
Yangiliklar
Qodirqulov va Abdurasulov "Dinamo"da, "Paxtakor" futbolchisi "Andijon"da va boshqa transferlar
PFLning telegramdagi rasmiy sahifasi amalga oshgan transferlar haqida malumot bermoqda.
Yakunlangan mavsumda "Neftchi" sharafini himoya qilgan Sanjar Qodirqulovni "Dinamo" limitdan tashqari ro'yxatdan o'tkazdi.
"Neftchi"ning yana bir futbolchisi Mirzohid G'ofurov esa "lochinlar"ga qaytdi. "Navbahor" 36 yoshli futbolchini limitdan tashqari ro'yxatdan o'tkazdi.
Proligaga tushib ketgan "Olimpik" futbolchisi Akbar Abdurasulov kelasi mavsum Samarqand klubi sharafini himoya qiladi. "Dinamo" uni limitdan tashqari ro'yxatdan o'tkazdi.
"Bunyodkor" vakili Abdug'ani Kamolov "Navbahor" safida limitdan tashqari ro'yxatdan o'tkazildi.
"Qaldirg'ochlar"ning boshqa futbolchisi Mirjahon Mirahmadov keyingi mavsum "Dinamo"da o'ynaydi.
"Paxtakor" vakili Doniyor Abdumannopov "Andijon"ga qaytdi. "Burgutlar" 24 yoshli futbolchini limitdan tashqari ro'yxatdan o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar