Abdug'ani Kamolov: "Xorazm"ga urgan golimizda o'yindan tashqari holat yo'q edi"

Iskandarov Abdulaziz
6 okt 2022, 20:16
"Turon" futbolchisi Abdug'ani Kamolov "Xorazm"danu uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.


-  "Xorazm" jamoasi bu yil oldinga yillarga qaraganda ancha o'sishga erishgan. Mag'lubiyatga kelsak, bizning golimiz hisobga olinmadi. Menimcha u yerda o'yindan tashqari holat yo'q edi. G'alaba va mag'lubiyat doim birga yuradi. Xudo xohlasa navbatdagi uchrashuvlarda uch ochkoga ega chiqishga harakat qilamiz. Raqib maydoniga kelsak, futbol o'ynash qiyin. Maydon og'ir. Umid qilamanki, "Xorazm" tez orada tabiiy maydonga o'tadi. 

Oxirgi paytlarda natijalarimiz o'zimiz kutgandek bo'lmayapti. Chunki jarohat olib safdan chiqqan futbolchilarimiz ko'p.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia