So’nggi yangiliklar

15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  1 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  0 15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  0 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  2 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  16 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  1 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  8 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  13 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  7 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4

"Vodiy futboli": Fyodorovning Ismoilov haqidagi fikrlari Yangiliklar

"Vodiy futboli": Fyodorovning Ismoilov haqidagi fikrlari

Vodiy klublari 21-turda 3ta g'alabaga erishishdi.

"Qo'qon-1912": "Buxoro"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Oliy ligada jo'jani sanaydigan pallaga etib keldi. Endi yo'qotilgan har bir ochko oltinga teng bo'ladi. SHu bois bu yog'iga o'yinlardagi shiddakorlik oshishiga shubha yo'q.

“Qo'qon-1912” jamoasi vakillari ham shuni to'g'ri anglagan holda mashg'ulotlarga zo'r berishgan. “Mashal” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin futbolchilarga bir kunlik tatil berilgani bois kecha futbolchilar dam olishdi. Bugundan esa oldinda turgan muhim bahs – “Buxoro”ga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik boshlab yuborildi. Rustam Abdullaev shogirdlari Buxorodan ham ijobiy natija bilan qaytish uchun astoyidil ter to'kishmoqda. 


"Neftchi": Andrey Fyodorovning Murod Ismoilov haqidagi fikrlari

Andrey Fyodorov "Neftchi" bosh murabbiy Murod Ismoilov haqida o'z fikrlarini bildirdi. 

"Namanganda bo'lib o'tgan asabiy uchrashuvdan keyin, bosh murabbiy o'zini yomon his qildi. SHifokorlarning tahshisiga asosan, uchrashuv payiti jamoa bilan birga bo'lishi maqsadga muvofiq emasligi maslahat berildi. 

Mana o'shandan beri Murod Ismoilov mashg'ulotlarda faol ishtirok etsada, uchrashuv payti jamoa bilan birga emas. Men mana shu qisqa davr ichida zaxira zrindig'ida o'tirgan va jamoa o'yinini boshqargan bosh murabbiyga qanchalik qiyinligini tushinib etdim. O'yin payti bir tomondan maydonda bo'layotgan keskin  kurash tasir qilsa, ikkinchi  tomondan, hakamlarning xatti-harakatlari-yu, bazi bir bir ishqibozlarning o'ylamay qichqirgan gaplari, haqoratlari har qanday temir asabni ham eritib yuboradi. 

Murod esa barcha hayqiriqlarni yurakka yaqin oladi va oqibatda asbiylashib ketadi. Umid qilamizki, keyingi o'yinlarda, agar shifokorlar izin bersa, Murod Muzaffarovich murabbiylar shtabidagi o'z o'rnini egalaydi", - deydi Fyodorov.


"Navbahor": Ketma-ket uchinchi mag'lubiyat

Namanganning "Navbahor" klubi 21-turni Samarqandda "Dinamo" klubiga qarshi o'tkazib 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. 

SHu tariqa, jamoa oliy ligada ketma-ket uchinchi bor mag'lub bo'ldi. O'tgan turlarda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa "Bunyodkor" (0:1) va "So'g'diyona" (0:2) bilan bahslarda imkoniyatni boy bergandi. 

Ikkinchi davraning dastlabki uchta o'yinida yutqazmagan "lochinlar" ketma-ket uchta o'yinda mag'lub bo'lishdi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика