"Vodiy futboli": Bugun "Qo'qon-1912" - "Navbahor" o'yini bo'ladi
19 iyu 2015 14:05
Yangiliklar


"Vodiy futboli": Bugun "Qo'qon-1912" - "Navbahor" o'yini bo'ladi
"Andijon" bugun Toshkentga boradi
Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi 17 iyul kuni ikkinchi davraga tayyorgarlikning ilk bosqichini yakunlagan edi.
"Burgutlar" bugun, 19 iyul kuni Toshkentda yig'ilib tayyorgarlikni davom ettiradi. Ertaga jamoa azolari tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Bu yig'in chog'ida 4ta nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.
"Neftchi": Ertaga Toshkentda yig'inni boshlaymiz
Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z qarorgohidagi yig'inni yakunladi.
Jamoa ertaga Toshkentda yig'inning ikkinchi bosqichini boshlaydi. Murod Ismoilov shogirdlari bu yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishadi.
"Navbahor" va "Qo'qon-1912": Bugun "Jar"da o'zaro o'yin
Bugun vodiyning ikki klubi Toshkentda o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Navbahor" klubi Rustam Abdullaev boshqaruvidagi "Qo'qon-1912" bilan bellashadi.
Bahs soat 17:45da "Jar" stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar