

Sergey Tokov: “Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda iroda ko'rsatib gol urdik, yana darvozani ishg'ol qilish uchun ham imkon bo'ldi. Raqib tarkibi kuchli, terma jamoa vakillari va yaxshi legionerlar bor. Munosib o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman”.
- Jamoa birinchi bo'limga nisbatan ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynashdi. Tanaffusda nimalar dedingiz?
- Tanaffusda yigitlar bilan gaplshib oldik. Ularni biroz “tetiklashtirib” qo'ydim. Xatolarni tushuntirdim. O'yindan oldin ham tushuntiramiz… Ammo futbolchilar ham odam, ular hayajonlangan bo'lishi mumkin. Asosiysi ikkinchi bo'limda rejamiz asosida o'ynay boshladik. Xatolarni ko'rib chiqamiz.



