"Vlaxovich 3 yildan beri kuchaymadi"
27 jan 2025 18:02
Yangiliklar
"Vlaxovich 3 yildan beri kuchaymadi"
Italiyalik sobiq hujumchi Alessandro Matri Dushan Vlaxovichning "Yuventus"dagi muammolari haqida gapirdi.
Serbiyalik futbolchi "byankoneri" asosiy tarkibiga kirmay qo'ydi: so'nggi uchta o'yinda Tiago Motta uni faqat yakunda zaxiradan maydonga tushirdi. Futbolchi A Seriyadagi so'nggi golini 14 dekabr kuni "Veneciya"ga urdi.

"Vlaxovich 3 yildan beri kuchaymadi. Hamma narsada Allegri aybdor qilishdi, lekin u Motta bilan ham qiynalmoqda. Bu faqat uning aybimi yoki unga etarlicha imkoniyat yaratib berilmayaptimi, buni aniqlash kerak. SHartnoma bilan bog'liq vaziyat ham o'z tasirini o'tkazmoqda", – dedi Matri.
Vlaxovich 2022 yilning yanvarida "Fiorentina"dan 83,5 mln evro evaziga "Yuventus"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar