Vladimir Ejurov: "Ikkala bo'limda ikki xil o'yin guvohiga aylandik"
18 sen 2022 23:33
Yangiliklar
Vladimir Ejurov: "Ikkala bo'limda ikki xil o'yin guvohiga aylandik"
O'yin haqida
"Barchaga xayrli kech. Ilk navbatda, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. SHunday asabiy o'yinda ular o'zlarini ko'rsata olishdi. Ikkala bo'limda ikki xil o'yin guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda tezkor gol urgan bo'lsak-da, darvozamizdan to'p olib chiqdik. "Dinamo" yaxshi shakllangan jamoa. Xursand qiladigan jihati, yigitlar tanaffus vaqtida berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri tushunishdi. Bundan buyon bo'shashish kerak emas. Faqat oldinga intilishimiz lozim.
— SHahzod Ubaydullaev nega maydonga tushirilmadi?
— Unga biroz dam olish imkonini berdik. Ko'rgan bo'lsangiz, bugun yangi kuch bilan maydonga tushdik va ular foyda keltirdi.
- Jamoa shu tempni tanaffusdan keyin ham saqlab qola oladimi?
- Katta tanaffuslar yo'q. Ishni to'g'ri rejalashtirishimiz kerak. Futbolchilarga funkcional tayyorlanib olishi uchun imkon beramiz. O'rtoqlik uchrashuvlari orqali ritmni ushlab turishga harakat qilamiz. Hozirda 23 sanada "Alay" bilan, keyin 27 sanada "Qo'qon-1912" bilan o'ynaymiz. Navbatdagi rasmiy uchrashuvga reja asosida tayyorlanamiz.
Futbol muxlislar uchun. Ular bilan doim muloqotdamiz. Ishqibozlar xursand ekan, demak hammasi joyida.
Fikrlar