Eshitdik-da! "Neftchi" futbolchisi "Bunyodkor"ga o'tmoqda

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2025, 18:39
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Neftchi" hujumchisi Azizbek Amonov faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettiradi. Futbolchi "qaldirg'ochlar" bilan kelishuvga erishgan. Bizga ma'lum bo'lishicha, Amonov "Bunyodkor"ning bugungi mashg'ulotida ham ishtirok etgan.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Amonov o'tgan mavsum "Neftchi" tarkibida 12 o'yinda 2 ta to'p kiritgan va 1 ta golga assistentlik qilgandi. Transfermarkt portali uni 600 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia