SHohruh Gadoev: "Olmaliqdagi 4 yil esda qolarli o'tdi, "Neftchi"ga ham katta marralarni ko'zlab keldim"
07 jan 2025 15:42
Yangiliklar
SHohruh Gadoev: "Olmaliqdagi 4 yil esda qolarli o'tdi, "Neftchi"ga ham katta marralarni ko'zlab keldim"
Futbolchi yangi jamoasidagi ilk fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"OKMK bilan shartnomam yakunlandi. Klub yangi shartnoma taklif qilmadi. Ortda qolgan 4 yil esda qoladigan bo'ldi deya olaman. Xorijdan yuz foizlik taklif olmadim. SHu bois o'zimizda qolishga qaror qildim. OKMK bilan tarix yozdik. Endi "Neftchi" bilan yangi marralarga erishishni istayman.
"Neftchi"dan chaqiruv uzoq kuttirmadi. Jafar Irismetov va bosh murabbiyning roli katta bo'ldi. Yangi mavsumda bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Tabiiyki, sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz.
Jarohatlar ortda qoldi. Davolanish jarayonida qiyinchiliklarga duch keldim. Nima bo'lgan bo'lsa ortda qoldi. Xudoga shukur hammasi iziga tushib ketdi",- deydi SHoxruh Gadoev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar