O'rtoqlik o'yinlari. “Man Siti” Seulda “Atletiko”ni yutdi, “Chelsi” “Darul Tazim” bilan 3:3 o'ynadi, “Liverpul” “Monako”ga imkoniyatni boy berdi

9 avg 2026, 21:35
O'rtoqlik o'yinlari doirasida “Manchester Siti” “Atletiko”ni mag'lub etdi (3:1), “Chelsi” mehmonda Malayziyaning “Darul Tazim”i bilan durang o'ynadi (3:3), “Liverpul” “Monako”ga mag'lub bo'ldi (2:3).

Manchesterliklarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu o'yinda ishtirok etmadi.

“Manchester Siti” - “Atletiko” 3:1

Gollar: Omar Marmush (57, 59), Rayan Ayt-Nuri (90) - Lituba Dominges (43).


“Darul Tazim” - “Chelsi” 3:3

Gollar: Arif Ayman (14), Oskar Arribas (65), Bergson (86) - Liam Delap (42 va 62, penalti), Antonio Kristian (89, avtogol).


“Liverpul” - “Monako” 2:3

Gollar: Aleksandr Isak (16), Florian Virc (29) - Aleksandr Golovin (44, penalti), Mika Biret (56), Paris Brunner (88).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia