So’nggi yangiliklar

09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  0 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  1 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  2 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  28 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  88 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  20 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1

Farhod Nishonov: "Abduqodir Husanov va Fayzullaevlar tufayli bizni barcha agentlar kuzatib bormoqda. Ular yangi Husanovni qidirishmoqda" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Abduqodir Husanov va Fayzullaevlar tufayli bizni barcha agentlar kuzatib bormoqda. Ular yangi Husanovni qidirishmoqda"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Toshkentda o'tkazilayotgan yig'in doirasida OAV vakillarining savollariga javob berdi.

- O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Ertaga terma jamoamiz yana Qatarga yo'l olishadi. Yig'inlardan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda?

- Yig'indan ko'nglimiz to'lmoqda va barchasi bizning rejamiz bo'yicha ketmoqda. Jarohatlangan futbolchilarimiz ham bor, lekin bu qo'rqinchli emas. Musobaqaga butun jamoa shay holatda bo'ladi.

- Qatardagi yig'inda ham ikkita o'rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi. Ushbu uchrashuvlardan kutilmalaringiz qanday?

- Biz dastlab Suriya bilan o'ynaymiz, 17 yanvar kuni. 22 yanvar sanasida esa Qatar bilan bahslashamiz. Bu bahslar tayyorgarligimizning so'nggi bosqichi. Ushbu to'qnashuvlarda biz yakuniy xulosalarga kelamiz.

- Osiyo kubogiga qadar tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkinmi?

- Bo'lishi mumkin. Biz Osiyo kubogiga juda futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazganmiz. Qatardagi dastlabki yig'inimizdagi tarkibimiz bilan, ertaga Qatarga yo'l oladigan tarkibda 6-7ta o'zgarish bor. Rotaciya davom etadi. Ochig'ini aytaman, qaysidir poziciyalardan ko'nglim to'lmayapti. SHu sababli, biz poziciyalarni kuchaytirishda davom etamiz.

- Yoshlar terma jamoamiz so'nggi ikki oyda Turkiyada, Qatarda, Toshkentda va yana Qatarda yig'in o'tkazmoqda. Tayyorgarlik jadal ketmoqda. Yig'inlar ketma-ketligi futbolchilarning jismoniy holatiga salbiy tasir o'tkazmaydimi? Musobaqaga qadar davom etadigan intensiv tayyorgarlik jarayoni bizga zarar etkazmaydimi? SHuningdek, ikki nafar futbolchi "Paxtakor" yig'iniga jo'nab ketdi. Jismoniy holatni yaxshilash bo'yicha ish olib borilmoqdami?

- Bu masala bo'yicha bir to'xtamga kelganmiz. "Paxtakor" va boshqa klublar bilan oldindan kelishib qo'yganmiz. "Paxtakor"dagi o'yinchilarimiz Qatarga borishadi. Jarohat olgan futbolchilar ham tiklanib, safimizga qo'shilishadi. Jismoniy holat masalasi - nozik masala. Biz futbolchilarga ortiqcha yuklama berayotganimiz yo'q. Odatiy chempionat o'yinlariga tayyorgarlik ko'rgandek, mashg'ulot o'tkazyapmiz. Siz aytganingizdek, futbolchilarga ko'proq "nagruzka" berib yuborish noto'g'ri. Barchasiga jiddiy yondashganmiz. O'yinchilarni sinchkovlik bilan nazorat qilib bormoqdamiz. Har bir futbolchini Osiyo Kubogiga eng yaxshi sport formasida olib borishga harakat qilamiz.



- Janubiy Amerika jamoalariga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlarida haqida gapirib o'tsangiz. Bundan maqsad nima edi va bu qanchalik bizga foyda berdi?

- Biz Argentina va Urugvay jamoalariga qarshi o'ynadik. Ushbu to'qnashuvlar futbolchilarimizga juda katta tajriba bo'ldi. Biz futbolchilarimizning kamchiliklarini ko'rib oldik. Qaerda yaxshiroq o'ynashimiz kerakligini bilib oldik. Umid qilamanki, keyingi terma jamoalar uchun shunday o'yinlar tashkil etiladi. Bu juda foydali.

Hozir biz bosim ostidamiz. Biz Abduqodir Husanov va Fayzullaevlar tufayli bizni barcha agentlar va selekcionerlar etibor bilan kuzatib bormoqda. Ushbu insonlar terma jamoani o'rab olishgan. Ular yangi Husanovni qidirishmoqda. Bu bizga masuliyat yuklaydi va qo'shimcha bosim ham yaratib bermoqda. Bunday holat, ushbu futbolchilarning yaqin kelajakda Evropaning top jamoalarida o'ynash imkoniyatlarini oshiryapti.

- Biz Osiyo kubogiga amaldagi chempion sifatida yo'l olmoqdamiz. Ushbu jihat jamoaga qo'shimcha bosim yuklamoqdami?

- Biz buni his qilyapmiz. Barcha raqiblar bizga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Oson raqibning o'zi yo'q. Bizni barcha Osiyo chempioni deb qabul qilmoqda. Husanovlar ham ushbu yo'lni bosib o'tishgan. Bu bizga bosim emas, yanada masuliyatliroq bo'lishga undamoqda.

- Osiyo kubogida 4ta mundial yo'llanmasi o'ynaladi. SHu sababli barcha jamoalar musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. O'zingiz ham futbolchilik faoliyatingizda yoshlar terma jamoa safida to'p tepgansiz. Siz futbol o'ynagan davringizda bunday tizimli va puxta tayyorgarlik jarayoni bo'lmagan. Avvaliga Janubiy Amerika, keyin Turkiya, Qatar, Toshkent va yana Qatar. Bunday tizimli yondashuv qanchalik foydali? Sizning futbolchilik davringizdagi tayyorgarliklardan qanchalik farq qiladi?

- Ilgari ham terma jamoalar imkoniyat darajasida tayyorgarlik olib borilgan, lekin hozirgi kundagidek top darajadagi terma jamoalarga qarshi o'ynamaganmiz. Top jamoalar o'zlari bizga taklif bilan chiqishmoqda. Bu bizni albatta xursand qiladi. Bu o'zbek futbolining katta yutug'i. Biz shu darajagacha etib keldik. Hozir faqat Koreya yoki Yaponiya emas, O'zbekiston bilan ham hisoblashishmoqda. Bu barcha yosh toifadagi murabbiylar va akademiyalarning yutug'i. 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика