Rasman: "Paxtakor" braziliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi
12 jan 22:42
Yangiliklar
Rasman: "Paxtakor" braziliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi
"Paxtakor" braziliyalik yarim himoyachi Jonatan Lukka bilan shartnoma imzoladi.
Futbolchi bilan 2025 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan bitim tuzildi.
Braziliyalik Portugaliya Primeyrasida jami 67ta, Ikkinchi Primeyrasida esa 54ta o'yin o'tkazgan.
Lukka so'nggi bor Portugaliyaning "AVS Futebol" (Portugaliya) jamoasida o'ynagan.
"Klubimiz raisining homiyligida safimizga tajribali futbolchilarni jalb qilishda davom etyapmiz. Aytib o'tganimizdek, endigi navbat legionerlarga. Jonatan Pedru Moreyra bilan ishlagan. SHuning uchun bosh murabbiy uning xizmatidan foydalanishga qaror qildi. Maqsad, u orqali tarkibdagi aksar yosh futbolchilarga maydonda bilim berish. Bugungi o'yin ham "Paxtakor" to'g'ri yo'lda ekanligini ko'rsatdi deb o'ylayman", — dedi "Paxtakor" raisi o'rinbosari Dilshod Karimov.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar