So’nggi yangiliklar

10:07LʼEquipe. Ҳусанов рамзий терма жамоадан жой олди  5 09:33«Пахтакор» футболчиси легионерга айланиши мумкин  3 08:58«Арсенал» етакчиси узоқ муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  3 08:22«Сўғдиёна» футболчиси «Қўқон-1912»га ўтишга яқин  1 07:49Роналду: «Винисиус «Олтин тўп»ни ютиши керак эди, унга нисбатан адолатсизлик қилишди»  18 03:07АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да минимал ҳисобда ғалаба қозонди  2 02:26"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламайди. Туринликларга МЮ форварди қизиқ эмас  1 00:40Роналду: "Агар "Манчестер Юнайтед" хўжайини бўлсам, ҳаммасини тўғирлайман"  11 23:42Роналду Саудия Арабистони чемпионатини Францияникидан кучли деб атади: "Лига 1да фақат ПСЖ бор, қолганлар ҳеч нарса эмас"  19 23:00Беллингем Globe Soccer Awards томонидан йил хавбеки деб топилди  1 22:38Роналду барча даврларнинг энг яхши тўпурари сифатида Globe Soccer Awards мукофотини қўлга киритди  8 22:32Globe Soccer Awards. Винисиус йилнинг энг яхши футболчиси  3 22:27Ямал Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши ёш ўйинчисига бериладиган мукофотни олди  0 22:17Араб Кўрфази кубоги. ЖЧ саралашидаги рақибларимиз бўлмиш Қатар ва БАА гуруҳ босқичида қолиб кетишди  3 21:48Эрон Про лигаси. "Персеполис" иродали тарзда ғалабага эришди, Ўруновдан ассист  1

Vladikavkazdagi faoliyati, "quruq barg" uslubi, rus futbolini qay darajada kuzatib borishi haqida Mirjalol Qosimov bilan katta intervyu Yangiliklar

Vladikavkazdagi faoliyati, "quruq barg" uslubi, rus futbolini qay darajada kuzatib borishi haqida Mirjalol Qosimov bilan katta intervyu

"Zenit"ga qarshi kubok uchrashuvi arafasida "Alaniya" tarixidagi eng yaxshi jarima zarbasi ijrochilaridan biri Mirjalol Qosimov bilan suhbat tashkillashtirildi.

- Rossiya futbolini kuzatib boryapsizmi?

- Bazida RPL o'yinlarini tomosha qilish imkoniyati bo'lib qoladi. Imkon qadar markaziy o'yinlarni "Match TV" telekanali orqali kuzatishga harakat qilaman. Men, murabbiylar shtabi, futbolchilar, do'stlarim - barchamiz bo'sh vaqt topganimizda Rossiya Premer-ligasi o'yinlarini tomosha qilamiz.

- Rossiya Premer-ligasining hozirgi darajasiga qanday baho bera olasiz?

- Bu haqda nimadir deyish dargumon. SHunchaki, buning uchun turnirni tinimsiz ravishda kuzatib borish, klublar holatini doimiy ravishda tahlil qilish va deyarli birorta uchrashuvni o'tkazib yubormaslik kerak. Afsuski, bunday bo'sh vaqtim yo'q (kuladi). RPL saviyasiga adolatli baho bera olmayman, chunki bu ligadagi har bir o'yinni tomosha qilish imkoniyatiga ega emasman.

- Rossiya klublari CHempionlar ligasi va Evropa ligasida ishtirok eta olmaydi. Agar RPL klubining murabbiyi bo'lganingizda, evrokuboklarda o'ynash imkoniyati yo'qligini hisobga olib, jamoani kurashishga undash uchun qanday turtki bergan bo'lardingiz?

- Sport principi doimo kurash talab etadi. Har holda, klublar uchun Rossiya chempionatida qo'lga kiritish mumkin bo'lgan oltin, kumush va bronza medallari bor, shunday emasmi? Agar sportchi klub bilan malum to'lovlarga asoslangan hamda o'zi tomonidan belgilangan aniq majburiyatlarni nazarda tutuvchi shartnoma imzolasa, u professionaldir. Futbolchilar bunday vaziyatlarda o'z professionalligini ko'rsatishi kerak. Sport olamida bo'layotgan hodisalarni noto'g'ri deb hisoblayman. Sportchilarni siyosatga aralashtira olmaysiz, ularning aybi nimada? Bu adolatsizlikning namoyon bo'lishidir.

- "Alaniya" ishtirokidagi o'yinlarni ham kuzatib borasizmi?

- Vaqti-vaqti bilan o'yinlarni tomosha qilish imkoni paydo bo'ladi. Ularning kubokda o'tkazgan o'yinini ko'rdim, o'shanda ular yuqori divizion jamoasini taslim etishdi. Umuman olganda, klubdagi yigitlar shijoatli, murabbiylarning faoliyati ham tahsinga loyiq. "Alaniya"ni Turkiyadagi yig'in davomida ham kuzatishga muvaffaq bo'ldim. CHetdan qaraganda, jamoaning kurashuvchanligi, o'ziga xos xarakterga ega ekanligi sezildi. Nazorat o'yinlarini tomosha qildim, Spartak Gogniev bilan suhbatlashdim. Vladikavkazda yaxshi jamoa shakllangan. Umuman olganda, Osetiyada nafaqat futbol, balki sport istedodlarini rivojlantirish uchun doimo sharoit yaratilishi kerak, deb hisoblayman. Bu respublikada haqiqatan ham yosh va umidli sportchilar juda ko'p. Men osetin xalqining sport muhitini yaxshi bilaman va guvohi bo'lganman: yoshlar futbol, kurash, boks, engil atletika bilan shug'ullanishadi. Vladikavkazda to'p tepish har doim zavq bag'ishlab kelgan. Bir paytlar kimga qarshi maydonga tushishimiz muhim emasdi. Moskvaning "Spartak"imi yo boshqasi bo'ladimi, bizga farqi yo'q edi. Stadionga kelsak, tribunadagi har bir o'rindiqni muxlislar band qilgan bo'lardi. Odamlar "Alaniya" bilan birga bo'lgan.

- Sizningcha, Vladikavkaz jamoasining RPLga chiqish imkoniyatlari qanday?

Biz taxmin qilamiz, lekin Xudoning aytgani bo'ladi. Harakat qilish va har qanday sharoitda ham taslim bo'lmaslik kerak. Har doim imkoniyat topiladi. Albatta, men Osetiya jamoasining Rossiya futbol elitasiga qaytishini juda xohlayman. Butun vujudim bilan "barslar"ning muvaffaqityaga erishishini tilab qolaman. Umid qilamanki, bu ishda Qodir Alloh ularga yordam beradi. Rostini aytsam, nimadir taxmin qilish istagim yo'q. 

- "Zenit"ga qarshi bo'lib o'tadigan kubok uchrashuvi haqida qanday fikrdasiz? "Qizil-sariqlar"ning yarim finalga chiqish imkoniyatini foizlarda qanday baholaysiz?

- Yuqorida takidlaganimdek, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Vladikavkaz klubi Premer-liga vakillaridan ikki marta o'tib ketishga muvaffaq bo'ldi, nima uchun bu ishni uchinchi marta amalga oshirolmas ekan? Odatda, ko'zga ko'ringan va tajribali o'yinchilardan iborat jamoa mamlakat chempioni bo'lish ehtimoli yuqori, ammo bo'lajak o'yin jamoaning o'z maydonida va ko'pchilik muxlislari ishtirokida o'tadi, to'g'rimi? O'ylaymanki, "Alaniya"da turnirning keyingi bosqichiga chiqish uchun barcha imkoniyatlar mujassam. Asosiysi, to'g'ri tayyorlanish va futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonchning yuqori bo'lishi. Bu jamoa, albatta, kuchli xarakterga ega va ularda osetin xalqi ruhiyati mavjud. Bo'lajak uchrashuvda hamma narsa bo'lishi mumkin. Hech kimga oson bo'lmaydi, lekin futbolchilar maydonga tushishlari hamda muxlislarga Vladikavkaz jamoasi nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib qo'yishlari kerak. Asosiysi, hech narsadan qo'rqmaslik. Sizga qarshi o'ynash uchun qaysi jamoa kelganining nima ahamiyati bor? “Zenit”mi, “Spartak”mi, bu unchalik muhim emas. Maydon tekis, to'p yumaloq, 11 futbolchiga qarshi 11 tasi saf tortadi. O'yin yaxshi bo'ladi, albatta uchrashuvni jonli kuzatishga harakat qilaman. Imkoniyatlarni 50 ga 50 deb baholasam bo'ladi.

- "Alaniya" tarkibida "quruq barg" uslubi bilan boshqalardan ajralib turardingiz. Ushbu uslubdagi golni qaysi stadionda va qaysi jamoa darvozasiga kiritganingizni eslay olasizmi?

- Adashmasam, o'sha o'yin Sankt-Peterburgda, raqib maydonida bo'lib o'tgandi (“Petrovskiy”), natija durang bilan yakunlangandi – 2:2. Ha, albatta, “Zenit”ning o'z maydonida raqib darvozasiga “quruq barg” uslubida to'p kiritganman ("quruq barg" deb odatda, burchakdan to'g'ri darvozaga to'p kiritish tushuniladi).

- Nega to'pni sheriklaringizga oshirish o'rniga darvozani mo'ljalga olishga qaror qildingiz? Mirjalol Qosimovga o'sha lahza burchakdan to'p kiritishga harakat qilish fikri qaerdan kelib qoldi?

- Men burchakdan bunaqa gol urishni rejalashtirmagandim. SHunchaki jamoadoshim gol urishiga umid qilib, to'pni ustunga yaqin masofaga yo'naltirdim. Jarima maydonchasida ham tartibsizlik kuzatilgandi. Siz mo'ljal qilmoqchi bo'lgan masofani nishonga olasiz va to'p kiritasiz. Mashg'ulotlarda har doim bunday standartlar ishlab chiqiladi, murabbiylarda yo'riqnomalar, o'yinchilarda esa qo'llanmalar mavjud. Bu erda g'ayritabiiy narsa yo'q. Bunday ajoyib to'p kiritishga muvaffaq bo'lganimdan xursand bo'ldim.

— “Bunyodkor” murabbiyi sifatida faoliyat olib borganingizda, “Zenit”ga qarshi oxirgi o'yiningizni eslaysizmi?

— Ha, ular bilan Dubaydagi o'rtoqlik uchrashuvida to'qnash kelgandik. Qarama-qarshilik tafsilotlarini eslab qolish qiyin. Bular taxminan 10 yil avvalgi voqealar edi. Yodimda, mini-turnir (“Dubay kubogi”) to'rt jamoadan iborat edi. Menimcha, o'shanda mag'lub bo'lgandik (0:1), ammo yig'inda hech kim g'alaba qozonishni maqsad qilmagandi, eng muhimi, mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish edi.

- Osetiyaliklarning raqiblari sizning jarima zarbasini tepishingiz penalti singari ijro etilishini yaxshi anglashardi. Standartlarni qoyilmaqom amalga oshirish qobiliyati qaerdan paydo bo'ldi?

— Albatta, bu kabi qobiliyat menga Xudo tomonidan inoyat etilgan, tinimsiz ravishda shug'ullanib, uni sayqallab borganman, bazan esa o'z-o'zidan shu kabi chiroyli ijrolar bo'lib qolardi. Biroq qobiliyat to'satdan paydo bo'lmaydi. Tarkibdagilar mashg'ulotdan oldin, mashg'ulot paytida va undan keyin muntazam ravishda turli o'yin kombinaciyalari va holatlari ustida mashq qilardi. Takrorlash - muvaffaqiyat kalitidir. Ko'pincha erkin zarbalarni yakka mashq qilardim, bazida mahoratimni sinab ko'rish uchun yigitlardan jonli devor o'rnatishni, posbondan esa darvozani qo'riqlashni so'rardim. Bunday mahorat osmondan "tap" etib tushmaydi. Oyoq bilan to'pni boshqarish olish - sanat. Aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda muttasil mashg'ulotlar qilganim tufayli jarima zarbalarida mohirlik darajasiga erishdim.

- Bugungi “Alaniya” tez-tez standartlardagi tayyorgarligi bilan raqiblarini hayratda qoldiradi. Siz ulardan birontasini ko'rganmisiz?

— Yo'q, afsuski, ko'rmadim. Yig'in davomida qaysidir jihatlarini kuzatishga muvaffaq bo'ldim, ammo o'yinchilar nima bilan mashg'ul bo'lganini eslay olmayman. Standartlarda tayyorlangan har qanday kombinaciya ertami-kechmi o'z mevasini bera boshlaydi. SHunday ekan, “Alaniya” futbolchilari standartlar ijro etish mahorati bo'yicha shug'ullanishda davom etishlariga umid qilaman. Standart vaziyatdan gol kiritish imkoniyati 50/50, nima uchun bu juda muhimligini tushunyapsizmi?

- Sizning ijrongizda 90/10 bo'lganga o'xshaydi.

- "Bilmayman, bilmayman, hisoblamaganman!" (kuladi)

- 2017 yilda Osetiyada bo'lib o'tgan “Afsonalar uchrashuvi”ni eslaysizmi?

- Ha, juda yaxshi eslayman. Bu hozircha Osetiyaga oxirgi tashrifim edi.

- O'sha uchrashuvda Osetiya terma jamoasi darvozasiga birinchi golni urgansiz, Spartak Gogniev esa hisobni tenglashtirgandi. Unda murabbiylik qobiliyati bor deb taxmin qila olasizmi?

- Yo'q, menda bunday fikr bo'lmagandi. Biz bir-birimizni ko'rish va samimiy ruhda suhbatlashish, miriqib to'p tepish kayfiyatida kelgandik. Tabiiyki, Spartak juda qaysar hujumchi ekanligi ayon, u tinimsiz harakat qildi, maydonda bor kuchini berdi. Maqsadli, qatiyatli va kurashuvchan - Gognievni shunday tasvirlagan bo'lardim.

- “Krilya Sovetov”da o'ynaganingizda Vladikavkazning "Spartak"iga ikkita gol urgansiz. Hozirda sobiq jamoa darvozasiga gol urganini nishonlamaslik moda, lekin o'shanda kiritgan to'plaringizni nishonlaganmisiz?

- Bo'lishi mumkin. 2000 yilda “Spartak”ga safarda 3:4 hisobida yutqazgan bo'lsak, oradan bir yil o'tib, 1:0 hisobida g'alaba qozongandik. Golni nishonladimmi yoki yo'qmi yodimda yo'q. Biroq men tushunarsiz, g'alati tuyg'ularni boshdan kechirganimni aniq eslayman. 2001 yilda kulgili voqea yuz berdi. Birinchi bo'lim o'rtalarida “Alaniya” darvozasiga gol urdim. Keyin oradan biroz vaqt o'tgach, hakam "Krilya" darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi. Keyin esa tribunadagi muxlislar menga qarata: “Jalol, endi ularning darvozasiga ham gol ur!” deya baqirdi. (kuladi). Osetin muxlislari uchun raqib jamoada o'ynaganimda ham o'ziniki bo'lib qolganman. O'ylaymanki, maydonga chiqib, xalq uchun, muxlislar uchun chiroyli futbol namoyish etish kerak, bo'lmasa, bu sport bilan ovora bo'lishning nima keragi bor? Bu mening shaxsiy fikrim. Har bir futbolchi butun vujudi bilan harakat qilishi kerak, unday qilolmasa, uni futbolchi deb atab bo'lmaydi. 

- To'rt marta jamoani tark etib, yana "qizil-sariqlar" lageriga qaytaverdingiz. Nega klubni tez-tez tark etishga majbur bo'ldingiz?

- Bunda hech qanday yashiradigan gap yo'q. Kareram shu tarzda davom etdi. 1992 yilda dastlab Vladikavkazning “Spartak” jamoasi tarkibida maydonga tushdim, keyin “Paxtakor”ga o'tdim. 1994 yilda Osetiya klubiga qaytdim, yaxshi o'ynadik, keyin esa jiddiy jarohat oldim va 1996 yilda jamoani tark etishga qaror qildim. Toshkent jamoasida yana malum muddat harakat qildim va 1999 yilgi mavsumda yana "Alaniya"ga qaytdim. Aleksandr Fyodorovich meni Samaraga chaqirgach, ikki yil "Krilya Sovetov"da to'p tepdim. U erdan "Al SHabab" jamoasi sharafini himoya qilish uchun BAAga bordim. Men allaqachon 31 yoshni qarshi olgandim, chet elda to'p tepishni xohlardim. Ammo o'sha paytda Amirliklarda futbolga bo'lgan beparvolarcha munosabat tufayli uzoq vaqt u erda qolmadim. Yana “Paxtakor”ga keldim. 2003/2004 yilgi mavsumda meni "Alaniya" bosh murabbiyiga aylangan Baxva Tedeev chaqirdi, bunday taklifni rad eta olmasdim. Biz Premer-ligadagi o'rnimizni saqlab qolish masalasini hal qildik va quyi ligaga tushib qolishdan saqlanib qoldik. Keyin esa Toshkentga qaytib, yana bir yil o'ynadim va vatanimda futbolchilik faoliyatimni yakunladim. Vladikavkazga tez-tez borishni istardim, chunki osetin pirogini juda sog'indim! (kuladi).

— Muxlislar sizning so'nggi kambekingizni tez-tez yodga olishadi, o'shanda "CHernomorec"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushganingizda shunday shov-shuv ko'tarilganki, buni chempionlik o'yini bilan solishtirish mumkin edi. Bu lahzani eslaysizmi?

- O'sha uchrashuvni g'ira-shira eslayman. Ular har doim jamoani shovqin-suronlar bilan qo'llab-quvvatlaganlar. O'shanda biz minimal hisobda g'alaba qozongandek edik (1:0), lekin shov-shuv men sabab ko'tarilgan deb o'ylamayman. To'g'rirog'i, muxlislar o'z uyidagi muhim g'alabadan xursand bo'lishgan. Men “Spartak” stadionini xuddi o'z uyimdek his qilardim.

- Siz uchun "Alaniya" safidagi eng esda qolarli gol qaysi bo'lgan?

- "Qizil-sariqlar" libosida dastlabki golimni 1992 yilda poytaxtning CSKA jamoasi darvozasiga kiritganman. O'shanda jarima zarbasidan to'p kiritgandim. Birinchi davrada Moskva jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etgandik. Faoliyatimdagi eng muhim gollar jamoamga ochko taqdim egan gollar hisoblanadi.

- Jahondagi top chempionatlarda o'zingizni sinab ko'rish istagi paydo bo'lganmi? Evropadan takliflar olganmisiz?

- 1993 yilda men Ispaniyaga ko'rikka bordim, lekin u erda ishlar o'xshamadi, so'ngra uyga qaytdim. Men u erda uch hafta bo'ldim, qaysi jamoa ekani esimda yo'q, umuman olganda, uzoq vaqt qolmaganman. Bunday tajribadan so'ng xorijga boshqa borishni xohlamadim. Faoliyatimning yakunida Dubay klubiga o'tganimni esa dunyoni Rossiya va O'zbekistondan biroz tashqarida ko'rishni xohlaganim bilan izohlay olaman. 

— Ancha vaqt futbolchi sifatida Rossiyada muvaffaqiyatli o'ynagansiz. Qaytib kelib, murabbiy sifatida saboq berishni xohlaysizmi?

– Vatanimdagi faoliyatimdan mamnunman. Menga o'z uyimda ishlash qulay. Yoshligimda doimo u yoq-bu yoqqa borib turardim, lekin hozir bir joyda yashashni xohlayman. “Bunyodkor”da bosh murabbiy bo'lganimda, Rossiyadan takliflar bo'lgandi, ammo nima qilaman? Kimga nimani isbotlashim kerak? Bir paytlar SSSRning yoshlar, yoshlar va olimpiya jamoalarida o'ynaganman. Hozir mamlakat tashqarisida o'zimni sinab ko'rish istagi yo'q, qanchalik ulg'ayavergan sari, tinchlikni xohlaysiz. Meni Samaraning "Krilya"siga chaqirishdi, lekin rad etdim, chunki O'zbekistondagi faoliyatimdan ko'nglim to'q edi. 

— Futbolda ko'plab shaxsiy va jamoaviy cho'qqilarni zabt etgansiz. Ayni paytda nimani orzu qilyapsiz?

– Oilam, do'stlarim hamisha sog'-salomat bo'lishini orzu qilaman. Hayotda baxtli bo'lish uchun yana nima kerak? Yana nimani orzu qilish mumkin? Yoshligimdagidek yana futbol o'ynashni xohlardim! (kuladi). Lekin mening darajam avvalgidek emas.

- O'tmishga nazar tashlab, bundan ham ko'proq yutuqlarga erisha olardim degan fikr o'tmaganmi?

- Vaqt o'tdi, afsuski, hech narsani ortga qaytarib bo'lmaydi. 

— "Alaniya" tarkibidagi so'nggi o'yiningizni eslaysizmi?

- Adashmasam, 2004 yilning kuzida “Rubin”ga qarshi safar o'yini bo'lgandi. O'shanda yirik hisobda mag'lub bo'lgandik. O'sha uchrashuvda birinchi bo'limda maydonga tushdim. Biz chempionatni 14-o'rinda yakunladik va jamoani birinchi ligaga tushib ketishdan saqlab qoldik. Faoliyatim bilan bog'liq voqealarning barchasi yodda saqlab qolish qiyin. Amoo bir narsani aniq eslayman - Osetiyada yashash va Vladikavkaz jamoasida o'ynash menga doim yoqardi. Atrofdagi odamlar mehribon, ochiqko'ngil, sodda edi. Respublikangiz haqidagi iliq xotiralar xotiramda mangu muhrlanib qolgan. Osetiya mening ikkinchi uyim.

- Osetin klubining 1995 yilgi oltin davrni tez-tez xotirlaysizmi?

- Ha, albatta! O'sha davrdagi Vladikavkazning "Spartak"ini ko'pincha o'z shogirdlarimga misol qilib keltiraman. O'shanda tarkibimizda 12 millat vakillari bor edi, hammamiz maydonda bir-birimiz uchun o'ynardik, birgalikda kurashardik. Bizda xudbinlik yoki o'z manfaatini o'ylash yo'q edi. Mamlakat chempioni bo'lish hazilakam gap emasdi. Jamoamizda yagona maqsadimiz bor edi. Bularning barchasi 1995 yilda oltin medalni qo'lga kiritish imkonini berdi. SHu bois, mashg'ulotlarda yosh shogirdlarimga ko'pincha o'zimizning “Spartak”ni misol qilib keltiraman.

- Nega keyingi mavsumda ushbu muvaffaqiyatni takrorlay olmadingiz?

- Muvaffaqiyatni takrorlamadik, demagan bo'lardim (kuladi). Biz chempionatni xuddi shu darajada o'tkazdik, ammo barchasini “oltin o'yin” hal qildi. Lekin, yuqorida aytganimdek, bir uchrashuvda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Agar o'shanda "Zenit" o'z uyida "Spartak"ga yutqazmaganida, hammasi boshqacha bo'lardi. Qolaversa, men yarim mavsumni o'tkazib yubordim. 17 avgust kuni “Rostov”ga qarshi o'yindan so'ng belimni operaciya qildirishimga to'g'ri kelgan. SHu bois jamoadoshlarimga yordam bera olmagandim.

- "Alaniya" futbolchilari, murabbiylar shtabi va muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?

- Butun Osetiyaga chin qalbimdan salom yo'llayman. Men bu respublikani va aholisini sog'indim. Barchaga sihat-salomatlik va farovonlik tilayman. Jamoaga, muxlislarga va murabbiylar shtabiga sabr-bardosh, birdamlik, muvaffaqiyat, omad, zafarlar va chempionlik tilayman. Ilohim tilaklarimning barchasi ijobat bo'lsin.


Darvoqe, "Alaniya" "Zenit"ga qarshi uchrashuvda (2:2) penaltilar seriyasiga ko'ra (6:5) g'alabani tantana qildi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика