"Bavariya" 20 mln evrolik transferni hal qildi

Administrator
30 apr 2025, 20:21
Klub chililik futbolchini sotib oladi.

"Bavariya" chililik yarim himoyachi Felipe Loyolani o'z safiga qo'shib olish arafasida turibdi. TyC Sports jurnalisti Sezar Luis Merloning xabar berishicha, myunxenliklar "Independente" futbolchisining transferi bo'yicha muzokaralarning hal qiluvchi bosqichiga yetib kelishgan. Chili terma jamoasi a'zosini sotib olish nemis klubiga taxminan 20 million evroga tushadi. Bu mablag'ning yarmi "Uachipato" klubiga tegadi, chunki bu jamoa markaziy yarim himoyachining transfer huquqlarining 50 foiziga egalik qilishadi.

Joriy mavsumda Loyola Argentina chempionatida 14 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: TyC Sports