So’nggi yangiliklar

14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  0 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  2 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13

Mirjalol Qosimov: "Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar har doim o'yinni kuchaytirishi kerak. Doriev yarimta vaziyatdan ham gol ura oldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar har doim o'yinni kuchaytirishi kerak. Doriev yarimta vaziyatdan ham gol ura oldi"

Superliga 6-turidan o'rin olgan OKMK - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

"So'g'diyona"ga qarshi har yili qiziqarli o'yinlar bo'ladi. Bugun ikki jamoa ham maydonga g'alaba uchun chiqqani sezilib turdi. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham o'yinga qayta oldik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi va bu o'z samarasini berdi. Muxlislarga yoqadigan o'yin guvohi bo'ldik. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Endi keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", - deya fikr bildirdi Mirjalol Qosimov bahs yakunlangach.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni o'zgartirib yubordi. Bosh murabbiy zaxiralarni to'g'ri amalga oshirgani va shu orqali g'alaba qozongani uchun maqtovga arziydi, ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar g'alaba keltirgan bo'lsa, shunda bosh murabbiy asosiy tarkibni tanlashda xatoga yo'l qo'ygan bo'ladimi? Masalan, Xurshid G'iyosovni oldinroq maydonga tushirish to'g'riroq qaror bo'lmas edimi?

- Xurshid G'iyosov maydonga tushganida, boshqa futbolchiga imkon berish kerak. G'iyosov ko'p o'yindan beri gol urmayapti deyishgan bo'lar edi. Hayot mana shunday. Bunday gap-so'zlar bizdan oldin ham bo'lgan, hozir ham bor va bizdan keyin ham bo'ladi. Bugungi beshta futbolchini o'zgartirdik va jiddiy rotaciyaga qo'l urdik. Faqatgina 11 kishi bilan o'ynayverish noto'g'ri. Taqvim juda ham zich va ikki kundan so'ng "Nasaf"ga qarshi o'ta muhim o'yinimiz bor. Men imkon qadar ko'proq futbolchilarga imkoniyat berishni tanlayman. Bugun natija salbiy bo'lganida ham o'z fikrimda qolgan bo'lar edim. Bilasizmi, tashqaridan barchasi oson ko'rinadi. Tashqarida hamma mutaxassis. Jamoa ichiga kirganda esa umuman boshqacha vaziyat.

Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar har doim o'yinni kuchaytirishi kerak. Men ham o'z davrimda bekorga 90 daqiqa o'ynamaganman. Menga ham boshida 3 daqiqagina imkoniyat berilar edi. Barcha futbolchilar taqdim etilgan imkoniyatdan unumli foydalanishi kerak. Futbolchi asosiy tarkibdan joy oladimi yoki hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarga o'yinga qo'shiladimi farqi yo'q.



- OKMK ketma-ket ikkinchi qiyin kechayotgan uchrashuvda o'ziga kerakli natijaga erishmoqda. Ushbu g'alabalarning siri nimada? Jamoa nima evaziga bunday o'yinlarda g'alaba qozona olyapti? Masalan, Evropada barcha "Real"ning "kambek"lari yoki kerakli natijani qo'lga kiritishiga hayron qoladi. O'ziga kerakli natijani qayd eta olishning asosiy sababi haqida gapirib o'tsangiz...

- Futbol mag'lub bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q. Biz avvalambor muxlislar uchun futbol o'ynaymiz. Masalan, Evropada muxlislar mentaliteti umuman boshqacha. Jamoa mag'lub bo'lsa ham, so'nggi daqiqaga qadar qo'llab-quvvatlaydi. Jamoa yutqazgan taqdirda ham qarsaklar ostida kuzatib qo'yiladi. Futbolda sport principi bor, kurashish kerak bo'ladi. Men shu sababli futbol shaxmat emas deb aytib kelaman. Sababi shaxmatda aqlni ishga solish kerak. Futbolda esa butun badan va miyani ishlatish kerak bo'ladi. Yigitlarga rahmat aytaman. Biz oxirigacha kurashdik va shu sababli yaratgan bizni g'alaba bilan siyladi.

- Lyupcho Doriev bugun jamoangiz darvozasini ikki marotaba ishg'ol etdi. Bir futbolchi OKMK darvozasiga ikkita gol kiritsa, himoyachilar o'sha futbolchini yaxshi qo'riqlay olmaganidan dalolat emasmi?

- Doriev juda malakali futbolchi. O'tgan mavsumlarda ham darvozamizga gol kiritgan edi. Futbol jamoaviy o'yin va gol o'tkazish yuborgan vaziyatimizda bir futbolchini ayblash noto'g'ri. Birinchi golini qanday zarba orqali kiritganini ko'rdingiz. Evropada ham bunday zarbani bartaraf etishga qiynalishadi. Doriev yarimta vaziyatdan ham gol urib keta oladi. Gol o'tkazib yuborgan vaziyatimizni boshidan ko'rib chiqishimiz kerak. Aslida bundan oldin xatoga yo'l qo'ygan edik. Ikkinchi golda esa maydon markazida to'pni yo'qotdik. Ali Abdurahmonov to'pni yo'qotdi, vaholanki u bemalol to'pni qabul qilib, sherigiga pas berishi ham mumkin edi. Biz hujumga o'tayotgan vaqtimizda himoyachilarimiz raqib hujumchilarini qo'riqlashmaydi. Sababi biz hujum uyushtiryapmiz. Biz esa bir noaniq pas orqali vaziyatni o'zgartirib yubordik. Doriev esa yarimta vaziyatda ham gol ura oldi. Ayrim bir futbolchilar Dorievning o'rnida o'ta noaniq zarba berishgan bo'lardi. O'tkazib yuborgan gollarimizda himoyachilar aybdor demayman, boshqa futbolchilar ham vaziyatni bartaraf etishi mumkin edi. Butun jamoaning xatosi golga olib keldi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика