So’nggi yangiliklar

20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:40Элит ОЧЛ, ярим финал. "Ал Насср" – "Кавасаки". Таркиблар аниқ!  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  1 20:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" - "ФарДУ" 3:1  7 19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  12 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  6 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  6 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  1 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  5 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1

Lutfulla To'raev, Sadriddin Abdullaev, Kamoliddin Tojiev - U-19 chempionatida bu yil yana kimlar murabbiylik qilmoqda? (1-qism) Yangiliklar

Lutfulla To'raev, Sadriddin Abdullaev, Kamoliddin Tojiev - U-19 chempionatida bu yil yana kimlar murabbiylik qilmoqda? (1-qism)

Avvalgi maqolalarimizda Superliga jamoalarining U-21 murabbiylarini tanishtirgan, bu borada malumotlar bergan edik.

Navbat U-19 murabbiylariga. Bu mavsumda mazkur chempionatda bir qator tajribali mutaxassislar, sobiq to'p teparlar faoliyat olib bormoqda. Ular endi murabbiy sifatida yutuqlarga erishishni maqsad qilgan.

"Andijon" - Orif Mamatkazin 

Nafaqat Andijon balki o'zbek futbolida Orif Mamatkazin nomi barchaga tanish. Katta avlod vakillari uning "Andijon"dagi futbolchilik faoliyatini yaxshi eslashadi. Murabbiy sifatida ham turli yillarda "Andijon"ning bosh jamoasini boshqargan. So'nggi yillarda Andijon futbol associaciyasida texnik direktor ishlab kelayotgan Orif Ismoilovich 2023 yildan boshlab U-19 jamoasi boshqaruvini qo'lga oldi. Orif Mamatkazinga "Andijon" U-19da o'g'li Artur Mamatkazin ko'maklashmoqda.

"Buxoro" - Anvar Rajabov

Ishqibozlar yaxshi eslashsa kerak, Rajabov o'z vaqtida Usmon Toshevning topilmasi bo'lgandi.Futbolchilik faoliyatida "Bunyodkor", "Navbahor", "Buxoro", legioner sifatida Tailandning "Buriram Yunayted" jamoasi safida to'p tepgan, OCHLda "Persepolis" darvozasiga ajoyib gol urgan Anvar Rajabov butsalarini mixga ilgach murabbiylikka qadam qo'ydi. Sobiq to'p tepar o'tgan yili U-19 jamoasida Mirislom Hasanovga yaqindan ko'maklashdi. Bu yil Hasanov klub o'rinbosarlariga yo'l olgach U-19 boshqaruvi Anvar Rajabovga o'tdi. Unga murabbiylar shtabida yana bir sobiq futbolchi, O'zbekiston OTJda o'ynagan Bobirjon Amanov yordam beryapti. Buxorolik yoshlar o'tgan yili U-19 chempionatida turnir jadvalida ikkinchi o'rinni band qilgandi. Lekin chorak finalda amaldagi chempion "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi. 

"Bunyodkor" - Hikmat Hoshimov

“Qaldirg'ochlar” yoshlarga katta etibor qaratishi bilan mamlakatimizda etakchi o'rinlarda turadi. Chunki bu klub ilgari akademiyadan etishib chiqqan yoshlarning transferidan yaxshigina daromad olgan.“Bunyodkor” U-19 jamoasining asosiy o'zagini tabiiyki akademiya tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. Joriy mavsumdan boshlab jamoaga Hikmat Hoshimov ustozlik qilmoqda. Hikmat Hoshimov so'nggi yillarda klub tizimidagi turli yosh jamoalarida ishlab kelmoqda. Unga jamoada Jamoliddin Ubaydullaev, G'ulom Halimtoev yordam beryapti. Darvozabonlar bilan Oleg Qaharov ishlayapti. 

"Dinamo" - Rafael Balasanyan

"Dinamo" jamoasi o'rinbosarlariga Andrey Pyatnickiy karvonboshi ekanligini aytgandik. Klub yoshlarini esa Rafael Balasanyan murabbiy sifatida maydonga boshlab tushyapti. Rafael Balasanyan avvalgi yillarda "Surxon" tizimidagi jamoalarda faoliyat olib borayotgandi. Bu yildan yana "Dinamo"ga qaytdi. Aslida Samarqand jamoasi unga begona emas. Futbolchilik faoliyatini asosiy qismini "Dinamo"da o'tkazgan, keyinchalik murabbiylikda ham klubda bir necha yil ishladi. Asosiy jamoada turli bosh murabbiylarga ko'maklashdi. 

"Lokomotiv" - Sadriddin Abdullaev

So'nggi yillarda "Lokomotiv" yoshlar jamoalari, infratuzilmaga etibor qaratayotgani sir emas. Bunda klub yaqinda futbolni yakunlagan yosh murabbiylarga imkoniyat bermoqda va ular o'zlarini ko'rsatishga harakat qilyapti. O'tgan mavsum klub o'rinbosarlari bilan ishlagan Sadriddin Abdullaev jamoa Pro ligaga tushib ketgach U-19 boshqaruviga o'tdi. Abdullaev U-19 yoshdagi jamoani 2023 yil ham boshqargan va shogirdlari bilan o'rinbosarlarga ko'tarilgandi. Unga jamoada o'z vaqtida Inileev murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasida o'ynagan, "Chelsi" futbol maktabida tahsil olgan, "Lokomotiv" futbol maktabida faoliyat olib borayotgan Daut Djatdoev hamrohlik qilmoqda. Darvozabonlar bilan esa Alisher Ahmedov shug'ullanyapti. Sadriddin Abdullaev qo'l ostidagi yosh to'p teparlar keyinchalik jamoaning asosiy bo'g'iniga aylansa hech gap emas. 

"Mashal" - Eldor Sakaev, Grigoriy Ceytlin

"Mashal" futbol akademiyasi mamlakatimizda avvaldan etakchi maqomida bo'lib kelgan. Futbolimizga Шomurodov, Шukurov kabi futbolchilarni etishtirib bergan klub Superligaga qaytdi. Endilikda etibor yanada oshsa kerak. Yosh muborakliklar 2025 yilgi mavsumda tajribali murabbiylar Eldar Sakaev va Grigoriy Ceytlin qo'l ostida o'ynamoqda. Eldor Usmanovich bir necha yildan buyon klub tizimida, akademiya rahbari, texnik direktori lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgandi. Grigoriy Ceytlin uzoq yillar "Paxtakor" jamoasida ishlagan, katta tajribasi yosh futbolchilarga asqotishi turgan gap. Sakaevni murabbiy sifatida "Andijon", "Navbahor", "Oq-tepa", "Yangier" jamoalaridagi faoliyati orqali taniymiz. Ikki murabbiy bu yil "Mashal" yoshlarini marralar sari etaklashini kutish mumkin. 

"Olimpik" - Lutfulla To'raev

Lutfulla To'raev yashil maydon bilan xayrlashganiga ko'p ham bo'lmadi. O'zi o'ynagan jamoalarining etakchisi bo'la olgan sobiq futbolchi murabbiylikning ilk qadamlarini "Neftchi"da boshladi va Vitaliy Levchenkoga ko'maklashdi. Bu esa unga tajriba vazifasini o'tagan bo'lishi kerak. Qishda Farg'ona klubidan ketgan Lutfulla To'raev TFAda ish boshladi, shu bilan birgalikda "Olimpik" U-19 jamoasi boshqaruvini zimmasiga oldi. Bu uning murabbiylikdagi mustaqil o'zi murabbiy bo'lgan ilk jamoasi hisoblanadi. Tajriba yillar o'tgani sari oshib boradi degan gap bor. Lutfulla To'raevning murabbiylikdagi yurishida bu jamoa poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. 

"Navbahor" - Usmon Asqaraliev

Usmon Asqaraliev tajribali murabbiy sifatida turli yillarda "Navbahor"ning bosh jamoasida mehnat faoliyatini olib borgan. Joriy yilda 70 yoshni qarshi oladigan Usmon Ahmedovich bir necha yillardan beri yosh "lochinlar"ga o'z tajribalarini o'rgatib kelmoqda. Unga Azam Rajabbaev hamrohlik qilyapti. Azam Rajabbaev "Navbahor"ning yoshlar jamoalarida ko'p yillardan buyon ishlamoqda. Asqaraliev va Rajabbaev tandemi o'tgan mavsumlardagi kabi joriy yilda ham "Navbahor" U-19 dagi ishini davom ettiradi.

"Paxtakor" - Kamoliddin Tojiev

Respublikamizdagi etakchi futbol maktabi hisoblangan, ko'plab yulduzlarni tarbiyalagan va shu ishni jadallik bilan davom ettirayotgan "Paxtakor" U-19 chempionatining amaldagi chempioni sanaladi. O'tgan yili klubning ushbu yosh toifasidagi jamoasiga Bobur Abdurahmonov ustoz bo'lgan, yil yakunlariga ko'ra 2024 yilning eng yaxshi bolalar murabbiyi deb topilgan. Bu mavsumda unga Birinchi ligadagi farm jamoa ishonib topshirildi. U-19 jamoasi esa Kamoliddin Tojievga berildi. Tojiev 2024 yil "sherlar" bosh jamoasida Maksim Шackixga ko'maklashdi, orada malum vaqt o'zi boshqarib turdi. Kamoliddin Tojievga "Paxtakor"da yorqin o'yinlar o'tkazgan Ilhom Suyunov ko'maklashayotir.

"FarDU" - Jahongir Po'latov

Pro liga debyutanti hisoblangan "FarDU" universitet jamoasi bo'lishiga qaramay professionallik sari qadam tashlamoqda. Klub bu yildan U-19 chempionatiga jamoasi ishtirokini taminlamoqda. Jamoaga esa mahalliy mutaxassis Jahongir Po'latov boshchidir. Mazkur murabbiyni Farg'onada juda yaxshi tanishadi. 15 yillik murabbiylik faoliyatida 20 ga yaqin shogirdlarni professional futbolga tayyorlagan, Farg'onaning "Lokomotiv-BFK", "Istiqlol" jamoasiga asos solgan.


Davomi bor...

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика