"Atletik"ka qarshi o'yin oldidan MYUning ikki futbolchisi mashg'ulotlarga qaytdi
30 apr 20:47
Yangiliklar


"Atletik"ka qarshi o'yin oldidan MYUning ikki futbolchisi mashg'ulotlarga qaytdi
Ertaga Evropa Ligasi yarim finalida "Atletik"ka qarshi safar o'yini bo'ladi.
Amad Diallo va Matteys de Ligt bugun "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibida mashq qilishdi.
Mankunianliklar ertaga Evropa Ligasi yarimfinalida "Atletik"ka qarshi bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik ko'rdilar.
De Ligt jarohati tufayli 1 apreldan beri maydonga tushmagandi va "Lion"ga qarshi Evropa Ligasi chorak final o'yinlarining ikkalasini ham o'tkazib yuborgan edi.
Diallo ham fevral oyida to'pig'idan olgan jarohati sababli francuz jamoasiga qarshi o'ynamadi, shuningdek, avvalgi bosqichda "Real Sosedad"ga qarshi o'yinlarda ham ishtirok etmadi. Ilgari yarim himoyachining mavsum oxirigacha safdan chiqishi haqida xabar berilgandi.
Hozircha ikkala futbolchining ham Ispaniyaga borishi bormasligi aniq emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar