Fakt. Boshkovich murabbiy sifatida Qosimovni mag'lub eta olmagan
19 apr 10:49
Yangiliklar


Fakt. Boshkovich murabbiy sifatida Qosimovni mag'lub eta olmagan
Superliganing 6-turida qiziqarli va shiddatli o'tishi kutilayotgan o'yinlardan biri ertaga Olmaliqda bo'lib o'tadi.
Shu kuni OKMK o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Jizzaxliklar ustozi Ivan Boshkovich shu vaqtga qadar murabbiy sifatida 5 bor Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoaga qarshi shogirdlarini boshlab tushgan. Bu o'yinlarda chernogoriyalik mutaxassis biror marotaba g'alaba qozonmagan 4 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etilgan.
Yana bir fakt, "So'g'diyona" 4 yildan buyon Olmaliqdan ortga 3 ochkosiz qaytmoqda. Jamoa oxirgi bor 2021 yil Ulug'bek Bakaev qo'l ostida OKMKni safarda mag'lub eta olgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar