Virjil van Deyk: "Tizza jarohatidan keyin safga qaytish oson emas"
19 okt 2021 00:56
Yangiliklar
Virjil van Deyk: "Tizza jarohatidan keyin safga qaytish oson emas"
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk tizzasidan olgan jarohatidan keyin safga qaytgani borasida gapirdi.
"Menga juda ko'p diqqat berilishini yaxshi bilaman. Oldinlari bu haqida ko'p o'ylardim, biroq hozir emas.
Kundan kunga yaxshilanib borayotganimni his qilyapman. Balki odamlar boshqacha baholayotgandir. Hozir qo'limdan kelgani - qattiq harakat qilib, jamoaning g'alabalarida o'z hissamni qo'shish.
Tizza jarohatidan keyin safga qaytish qiyin ekanligini barcha yaxshi biladi. Hozir buning uchun misollar keltirmoqchi emasman. Lekin tarkibda ekanman g'alabalar yo'lida odimlashda davom etaman", - dedi van Deyk.
Fikrlar