Viktor Jalilov: “Ikki xil taym guvohi bo'ldik”
01 iyu 2014 21:53
Yangiliklar
Viktor Jalilov: “Ikki xil taym guvohi bo'ldik”
O'zbekiston kubogi yarim final javob bahsi doirasidagi "Paxtakor" - "Lokomtiv" (2:2, birinchi o'yin 0:1) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" jamoasi boshlig'i Viktor Jalilov o'z fikrlarini bildirdi.
“O'yinni yaxshi boshladik va tezkor gol kirita oldik. Birinchi bo'lim bizning scenariy ostida kechayotgandi. Ikkinchi taym esa umuman boshqa tus oldi va o'z darvozamizdan ikki bor to'p olib chiqdik. O'yin tizginini qo'limizdan chiqarib yubordik", - deb gap boshladi Jalilov.
- "Bunyodkor"ga qarshi o'yingacha jamoa tiklana oladimi?
- Biz uchun taqvim ancha og'ir keldi. Deyarli sakkiz kun ichida uchta bellashuvni o'takazishga to'g'ri kelmoqda. Imkon qadar bu o'yinga jamoani tayyorlashga harakat qilamiz.

Fikrlar