So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Islom Ismoilov: "Raqib kim bo'lishining farqi yo'q. Barcha raqibga qarshi o'ynashimiz kerak bo'ladi" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Raqib kim bo'lishining farqi yo'q. Barcha raqibga qarshi o'ynashimiz kerak bo'ladi"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov terma jamoamizning Toshkentdagi yig'inlari davomida OAV vakillarining savollariga javob berdi.

- O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugungi nazorat uchrashuvida ishtirok etishdi. SHogirdlaringiz namoyish etgan o'yindan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- "Surxon"ga qarshi kechgan uchrashuvlar Yangi yildagi bizning dastlabki bahslarimiz bo'ldi. Biz ikkita tarkibga imkoniyat berishga intildik. Birinchi bo'limda futbolchilarimiz barcha ko'rsatmalarni to'liq bajarishga harakat qilishdi. Tanaffusdan keyin maydonga harakat qilganlar yomon taassurot qoldirishmadi. O'z oldimizga qo'ygan asosiy vazifani bajardik.

- Umuman tayyorgarlik jarayoni qanday kechmoqda? 23 yanvar kuni bizni qura tashlash marosimi kutib turibdi.

- Hozirgi kunda tayyorgarlikning birinchi qismini Toshkentda o'tkazyapmiz. 21 yanvardan esa biz Saudiya Arabistoniga yo'l olamiz. Bundan keyingi yig'inlar ham rejalashtirilgan va aniqlanib bo'lgan. Barchasi bizning rejamiz bo'yicha davom etmoqda.

- Qura natijalariga ko'ra qaysi raqiblar biz bilan bir guruhdan joy olishi biz uchun yaxshi bo'lar edi?

- Raqib kim bo'lishining farqi yo'q. Barcha jamoalarga qarshi o'ynash kerak bo'ladi. Maqsadimiz yuqori va shu sababli barcha raqiblarga qarshi kurashishga tayyormiz.

- O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 8ta jamoa mundial "chipta"larini qo'lga kiritadi. Masalan, U-20 Osiyo kubogi bilan solishtirganda yo'llanmalar soni ikki baravar ko'proq. SHu sababli ko'pchilik U-17 terma jamoamizning vazifasi engilroq deb o'ylashmoqda. Ushbu fikrga qo'shilasizmi?

- Yo'q. Men bunday demagan bo'lardim. Osiyo chempionatiga qitaning eng yaxshi 16ta jamoasi keladi. O'zingiz ko'rdingiz saralash musobaqasi ham juda qiyin kechdi. Iroq, Suriya va mezbon Tayvan bizga yaxshi qarshilik ko'rsatishdi. Bu yoshdagi o'yinchilarda ko'p muammolar kuzatilishi mumkin, masalan, ruhiy holat. Har bir raqibga jiddiy nazar bilan qaraymiz va tayyorgarlik ko'ramiz. Umid qilamanki, biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishamiz va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

- Osiyo chempionatida terma jamoamizning potencial raqibi kim bo'lishi mumkin deb o'ylaysiz? Qaysi jamoalar bizga ko'proq muammo tug'dirishi mumkin?

- Futbol har kuni o'zgarib bormoqda. Hozirgi kunda, avvallari top terma jamoa bo'lmagan mamlakatlar ham yaxshi qarshilik ko'rsatishmoqda. Aynan qaysidir terma jamoani misol sifatida ko'rsata olmayman, masalan Koreya va Yaponiyalar doimiy ravishda qita musobaqalarining favoriti hisoblanishadi. Barcha ishtirokchilar jiddiy tayyorgarlik ko'rishi aniq.



O'zbekiston U-17 "Surxon U-21"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика